Jahon | 14:50 / 11.01.2019
4850
1 daqiqa o‘qiladi

Varshavada Polsha va Xitoy fuqarolari josuslikda gumonlanib hibsga olindi

Foto: Global Look Press

Huawei konsernining Polshadagi bo‘limi direktorlaridan biri Veytszin V. va Polsha milliy xavfsizlik agentligining sobiq yuqori lavozimli amaldori Petr D. XXR foydasiga josuslik qilishda gumonlanib hibsga olindi. Bu haqda Polsha davlat televideniyesi xabar berdi.

Telekanalning ma'lumot berishicha, har ikki gumonlanuvchi uch oy muddatga hibsga olingan. Ularga Polshaga qarshi josuslik qilish ayblovi qo‘yilgan. Shuningdek, xavfsizlik xizmati xodimlari gumonlanuvchilarning uylarida tintuv o‘tkazishgan. Bundan tashqari, Huawei va Petr D. ishlayotgan Orange firmasi ofislaridagi hujjatlar musodara qilingan.

Xabar qilinishicha, gumonlanuvchilar ayblariga iqror bo‘lishmagan va bu ish bo‘yicha ko‘rsatma berishdan bosh tortishmoqda. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid