Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmanistonda erkaklarning harbiy biletlari tekshirilmoqda. Bunga Trampning bayonoti sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin
Foto: sng.today
Turkmanistonda 8 yanvardan boshlab davlat muassasalari va tashkilotlarida ishlayotgan barcha erkaklardan kadrlar bo‘limiga harbiy biletlarini zudlik bilan topshirish talab qilinmoqda. Bu haqda «Xroniki Turkmenistana» xabar berdi. Mamlakat Mudofaa vazirligidan tegishli topshiriq kelib tushgan.
O‘tgan kunlar davomida kadrlar bo‘limi rahbarlari armiyada xizmat qilgan xodimlardan tasdiqlovchi hujjatlarni yig‘ishmoqda. Shu bilan birga, bu talabga nima sabab ekanini ham kadrlar bo‘limi boshliqlari, ham davlat muassasalari rahbarlari bilmaydi.
Jamoatchilik tekshiruvlarni AQSh prezidenti Donald Trampning qo‘shni Afg‘onistondan qo‘shinlar olib chiqilishi mumkin ekani haqidagi bayonoti bilan bog‘layapti.
Dekabr oyi oxirida The Wall Street Journal gazetasi AQSh prezidenti Pentagonga Afg‘onistondan taxminan 7 ming amerikalik harbiyni olib chiqish rejasini tayyorlash haqida topshiriq berganini xabar qildi. Keyinchalik, Oq uyning Milliy xavfsizlik kengashi matbuot xizmati rahbari Garrett Marki davlat rahbari Pentagonga tegishli buyruq bermagani va bunday qaror qabul qilmaganini aytdi.
TASS agentligining 9 yanvar kuni xabar berishicha, Tramp maslahatchilari uni Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqish bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerakligiga ishontirishgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV AQShning Afg‘oniston bo‘yicha rejalarini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
08:55 / 30.12.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonga 390 tonna gumanitar yordam yetkazdi
18:22 / 29.12.2025
Turkmanistonda «Do‘zax darvozasi» olovini o‘chirish usuli topilgani ta’kidlanmoqda
21:38 / 27.12.2025
Afg‘oniston Tojikiston bilan chegaradagi voqealar bo‘yicha tekshiruv boshladi
13:38 / 26.12.2025