Instagram’da oddiy tuxum jahon rekordini o‘rnatdi

Foto: Instagram/ @world_record_egg
Oq fonda turgan oddiy tuxumning surati Instagram’da layklar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi. 10 kun davomida surat 25 milliondan ziyod tasdiqlovchi reaksiyani yig‘ib, ommaboplik bo‘yicha Kayli Jyennerning yangi tug‘ilgan qizi fotosuratidan o‘zib ketdi. Bu haqda BuzzFeed xabar bermoqda.
Rekordchi post muallifi - yetakchini ortda qoldirish maqsadida atayin world_record_egg tuxum akkauntini yaratgan anonim. «Keling, jahon rekordini birgalikda o‘rnatamiz va eng ko‘p layk qo‘yilgan Instagram’ni yaratamiz. Kayli Jyennerning (18 million) hozirgi rekordini yangilaymiz», - deya chaqiriq bilan chiqqan profil muallifi 4 yanvar kuni.
Avvaliga, layklar sonining o‘sishi tezkor bo‘lmagan. Biroq, unga ko‘pchilik OAV e'tibor qaratganidan so‘ng, 13 yanvarga kelib 13 millionlik ko‘rsatkich ortda qoldi va o‘sish davom etyapti.
Rekord o‘rnatgan surat muallifi o‘z shaxsini ochiqlamayapti. U o‘zini Buyuk Britaniyadan Genriyetta laqabli tovuq deb tanishtirmoqda. Genriyetta tuxumni Yudjin deb atagan.
Instagram avvalgi yetakchisi, Kim Kardashyanning singlisi Kayli Jyenner tovuq muvaffaqiyatiga tezda munosabat bildirdi. U @kylies_snapchat muxlislik akkauntidan video bilan bo‘lishib, unda qizib turgan asfalt ustida tuxum qovurishga harakat qilgan.
Avvalroq, yaponiyalik milliarder Yusaki Maedzava yanvar oyida Twitter’da rekord o‘rnatgandi. Uning 10 nafar tasodifiy mikroblogerga 100 mln iyena tarqatish haqidagi posti ikki kun ichida besh milliondan ortiq retvit yig‘di.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Netanyahu «ShABAK» maxsus xizmatiga yangi rahbar tayinladi
Jahon | 19:13
-
1 apreldan tabiiy gazning bazaviy me’yori 100 kub metrga tushiriladi
O‘zbekiston | 19:11
-
Shavkat Mirziyoyev Xo‘jandda Sadir Japarov bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston | 18:54
-
Neuralink ko‘zi ojiz insonga ko‘rish qobiliyatini qaytarishga yordam beruvchi chipini sinovdan o‘tkazadi
Jahon | 18:47
Mavzuga oid

08:40 / 26.03.2025
Rossiyada Instagram va Facebookʼda reklama joylash taqiqlandi

16:24 / 22.03.2025
Rossiyada Instagram’da reklama joylaganlar jarima to‘laydi

10:05 / 20.03.2025
Buyuk Britaniyada ideal darajada dumaloq tuxum auksionda sotildi

19:25 / 17.03.2025