Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.
Hujjat bilan quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining tashkiliy tuzilmasi;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining markaziy apparati tuzilmasi;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi to‘g‘risida nizom;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni 30 birlikdan iborat bo‘lgan Urbanizatsiya agentligi tuzilmasi;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining tuzilmasi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining tuzilmasi, viloyatlar iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, viloyatlar iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmalari, shuningdek tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va sanoat bo‘limlari xodimlarining umumiy cheklangan soni;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, viloyatlar iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmalari, tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va sanoat bo‘limlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash razryadlari tasdiqlandi.
Qayd etilishicha, shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq:
ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek ustav fondining (kapitalining) 50 foizi va undan ortig‘i 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar har yili 1 dekabrga qadar kelgusi yilda joriy xo‘jalik faoliyatini ta'minlash uchun moddiy-texnik resurslar ro‘yxatini shakllantiradi va ularni kuzatuv kengashlari roziligi bilan davlat xaridlari saytida majburiy tartibda e'lon qiladi;
2020 yil 1 yanvardan boshlab davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilish va tegishli tovarlarning narxlari muvofiqligi uchun javobgarlikni boshqaruv organlariga yuklagan holda Ro‘yxat bo‘yicha (kapital qo‘yilmalar bundan mustasno) tovarlar (ishlar, xizmatlar) davlat xaridlari bo‘yicha texnik topshiriqlar, kontraktlar va import kontraktlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda ekspertizadan o‘tkazilmaydi;
2019 yil 1 fevraldan boshlab tovarlar (ishlar, xizmatlar) davlat xaridlari bo‘yicha texnik topshiriqlar narx ko‘rsatkichlarining o‘rtacha bozor darajasini o‘rganish natijalari bo‘yicha dastlabki hisob-kitoblar asosida shakllantiriladigan ularning cheklangan qiymatini belgilagan holda ekspertizadan o‘tkazish uchun Markazga taqdim etiladi;
kontraktlar, import kontraktlari va ularga qo‘shimcha kelishuvlar Markazda majburiy ekspertiza va ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi;
tuzilgan kontraktlar va import kontraktlarining texnik topshiriqlarga muvofiqligi, shuningdek ularning bajarilishi uchun davlat buyurtmachisi javobgar bo‘ladi;
davlat buyurtmachisi kontraktlarni, import kontraktlarini ixtiyoriy ravishda shartnoma asosida ekspertizadan o‘tkazish uchun Markazga taqdim etishi mumkin;
tovarlar (ish va xizmatlar) davlat xaridiga texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan o‘tkazganlik uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobga olinmagan holda davlat buyurtmachisi tomonidan belgilangan cheklangan qiymatning 0,1 foizi, lekin eng kam ish haqining 100 barobaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda to‘lov undiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining tashkiliy tuzilmasi
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining markaziy apparati tuzilmasi
Urbanizatsiya agentligi tuzilmasi
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining tuzilmasi
Mavzuga oid
20:57 / 08.11.2024
Xitoy iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish uchun trillion dollar ajratdi
19:18 / 05.11.2024
O‘zbekistonning 2025 yil uchun davlat budjeti loyihasi e’lon qilindi. Asosiy ma’lumotlar
08:00 / 30.10.2024
Vazirlik va idoralar xodimlari soni qisqartirilmoqda
22:40 / 19.10.2024