Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chirchiqda harbiy parad: Abdusalom Azizov bir guruh harbiy xizmatchilarni taqdirladi
Chirchiq dala o‘quv maydonida 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tantanali harbiy parad bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz’ga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda O‘zbekiston mudofaa vaziri Abdusalom Azizov, Toshkent viloyati hokimi, Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonligi va shaxsiy tarkibi, Qurolli Kuchlar faxriylari, keng jamoatchilik vakillari, harbiy xizmatchilarning oila a'zolari, o‘quvchi yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Tantanali marosimni mudofaa vaziri ochib berarkan, O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining xalqaro maydondagi nufuzi, milliy armiya mudofaa tizimida amalga oshirilayotgan majmuaviy islohotlarning mazmun-mohiyati, harbiy xizmatchilarning jangovar va ma'naviy tayyorgarligi samaradorligini oshirishga qaratilgan tizimli ishlarning ahamiyati xususida to‘xtaldi. Barcha harbiy xizmatchilar va yurtdoshlarni Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etdi.
Shundan so‘ng, Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari va harbiy texnikalar tantanali marsh bilan o‘tdi. Quruqlikdagi va havodagi kuchlarimiz namoyish etildi.
Kunning ikkinchi yarmida Chirchiq shahridagi Kimyogarlar madaniyat markazida bo‘lib o‘tgan tantanali va badiiy marosim avvalida mustaqillik yillari xizmat vazifasini o‘tash vaqtida yuksak jasorat, sadoqat va matonat namunasini ko‘rsatgan harbiy xizmatchilar xotirasiga hurmat bajo keltirildi. Shuningdek, 2018 yilning dekabr oyida o‘tkazilgan Qurolli Kuchlar miqyosidagi “Eng ilg‘or mutaxassis” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari mukofotlandi.
Mavzuga oid
20:57 / 11.06.2026
Chirchiq daryosi qirg‘og‘ining o‘pirilgan qismini mustahkamlash ishlari boshlandi
08:22 / 05.06.2026
Qaysi davlatlar mudofaa uchun eng ko‘p mablag‘ ajratyapti?
13:02 / 02.06.2026
Prezident maishiy va avtomobil kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonada bo‘ldi
13:00 / 02.06.2026