Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident maishiy va avtomobil kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonada bo‘ldi
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkida joylashgan BCG Group OZ korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Korxonada maishiy va avtomobil kimyosi mahsulotlari ishlab chiqarilib, ular nafaqat ichki bozor ehtiyojlarini qondirmoqda, balki qo‘shni davlatlarga ham eksport qilinmoqda.
Umumiy qiymati 6 million dollar bo‘lgan loyiha Rossiyaning hamkor kompaniyasi ishtirokida amalga oshirilgan. Korxonada 80 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, bu yerda avtokimyo va avtokosmetika mahsulotlari, shuningdek mehmonxona, restoran va sanoat obektlari uchun professional tozalash vositalari ishlab chiqarilmoqda.

Ayni paytda korxonada 80 dan ziyod turdagi mahsulotlar tayyorlanadi. Ularning sifati ISO 9001, “Halol” va MDH davlatlarida amal qiluvchi sertifikatlar bilan tasdiqlangan.
2025 yil yakunlariga ko‘ra, korxona tomonidan 176 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Shuningdek, 2,6 million dollarlik mahsulot eksport qilinib, 14,7 million dollarlik import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilgan.

Bugungi kunda korxona mahsulotlari Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston va Afg‘oniston bozorlariga yetkazib berilmoqda. Kelgusida ishlab chiqarish hajmini 294 milliard so‘mga yetkazish rejalashtirilgan.

Davlat rahbari bunday yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, import hajmini qisqartirish va eksport salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Mavzuga oid
21:50 / 14.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri va xalqiga hamdardlik bildirdi
11:24 / 13.07.2026
Bo‘stonliqda Chirchiq daryosi o‘rtasida qolgan fuqaro qutqarildi
13:34 / 03.07.2026
Tbilisida O‘zbekiston elchixonasi ochiladi
12:25 / 03.07.2026