O‘zbekiston | 19:16 / 16.01.2019
14646
4 daqiqa o‘qiladi

2019 yil uchun tayanch doktorantlar o‘rtasida prezident davlat stipendiyalari sohiblari aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktyabrdagi “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 226-son Qarori bilan tasdiqlangan “Tayanch doktorantlar uchun O‘zbekiston Respublikasi prezidentining davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi to‘g‘risida” Nizomga muvofiq, 2019 yil uchun tayanch doktorantlar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi prezidentining davlat stipendiyalari sohiblari aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Hay'at Kengashining 2018 yil 28 dekabrdagi “Tayanch doktorantlarga 2019 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi prezidenti davlat stipendiyalarini tayinlash to‘g‘risida”gi 6/1-sonli qaroriga muvofiq, Respublika tayanch doktorantlari o‘rtasida 2019 yil uchun quyidagi nomzodlar uchun O‘zbekiston Respublikasi prezidenti davlat stipendiyalari sohibi deb topildi.

Qishloq va suv xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha Reymov Mamanbek Po‘latovich – Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti tayanch doktoranti.

Reymov Mamanbek Po‘latovich

Hozirda “Geoaxborot texnologiyalari bazasida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini yaratish uchun Orolbo‘yi ekotizimini tadqiq qilish” mavzusidagi ilmiy ish ustida izlanishlar olib bormoqda.

Erasmus Mundus “Casia” loyihasi granti sohibi, Gollandiyaning Vegeningen universiteti “Atrof-muhit muhofazasi” mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro magistr.

Tempus Ge-UZ “Geoinformatika: O‘zbekistonda barqaror rivojlanishga erishishni ta'minlash” loyihasining 2014-2015 yillardagi menejyeri, Erazmus Mundus “TIMUR” loyihasi grantining 2017 yilgi g‘olibi. 1 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta metodik ko‘rsatma hamda 14 ta ilmiy maqola va tezislar muallifi.

Energetika, resurslar, sanoat yo‘nalishi bo‘yicha Boboyev Akmaljon Xatamovich – Toshkent kimyo-texnologiya instituti tayanch doktoranti.

Boboyev Akmaljon Xatamovich

Hozirda “Kraxmal inulin saqlovchi xom-ashyolarni kompleks qayta ishlab etanol biosintezini takomillashtirish” mavzusidagi ilmiy ish ustida izlanishlar olib bormoqda.

2016-2017 yillarda ta'lim sifatini ta'minlash bo‘yicha Erasmus+ dasturining IQAT va UzDOC2 loyihalari ishtirokchisi, “O‘zsharob” AJ Ilmiy-texnik kengashi va markaziy degustatsiya komissiyasi a'zosi. 1 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta darslik muallifi, 20 ta ilmiy maqolalari respublika va xorijning yetakchi ilmiy jurnallarida chop etilgan. 

Tabiiy fanlar, axborot texnologiyalari va boshqaruv yo‘nalishi yo‘nalishi bo‘yicha Karimov Jasurbek Alisherovich - V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti tayanch doktoranti.

Karimov Jasurbek Alisherovich

Ilmiy ish mavzusi “Dizyunkt to‘la banax modullarining tasnifi”.

Estoniyaning Tallin texnika universiteti tashkil etilgan “Innovation Theory and Management” nomli yozgi maktab, Koreyaning Seul shahrida tashkil etilgan XXVII Xalqaro matematiklar kongressi, Belorussiyaning Mogilev shahridagi Belarus-Rossiya universitetining VIII Ochiq olimpiadasi, ishtirokchisi, Urganch shahrida tashkil etilgan Al-Xorazmiy nomidagi matematika bo‘yicha I Xalqaro olimpiadaning tashkiliy qo‘mitasi ishida faol ishtirok etgan. 2018-2019 o‘quv yili Qori-Niyoziy nomidagi stipendiya sovrindori.

Uning 20 ta ilmiy maqola va tezislari respublika va xorijning yetakchi ilmiy jurnallarida chop etilgan.

Mavzuga oid