Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiya tölovlari öz vaqtida tölanmayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Xabarda aytilişiça, barça OTMlarda yuqori kurs talabalariga stipendiyalar tölab berilgan. Tarmoqda tarqalgan xabarlar ayrim oliygohlar, xususan, Özbekiston Milliy universiteti, San’at va madaniyat instituti, Toşkent davlat agrar universiteti va Samarqand davlat tibbiyot universitetining 1-bosqiç talabalari bilan boğliq.
Vazirlik ularga stipendiya tayinlaş böyiça tegişli buyruqlarni rasmiylaştiriş va bank plastik kartalarini oçiş jarayoni keçikkani sababli tölovlar amalga oşirilmasdan qolganini bildirdi.
«Hozirda mazkur buyruqlar töliq rasmiylaştirilmoqda va barça oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiya tölovlari joriy hafta yakuniga qadar amalga oşiriladi», – deya tuşuntirdi taşkilot.

















