Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ID-kartalarni dasturlash ishlari o‘zbekistonlik mutaxassislar tomonidan amalga oshirilmoqda
Davlat personallashtirish markazi direktori Najmiddin To‘raxo‘jayev O‘zbekistonda 2021 yilga qadar bosqichma-bosqich joriy qilinishi mo‘ljallangan ID-kartalarni joriy qilish bo‘yicha ma'lumotlar berdi.

Uning bildirishicha, ID-kartalarni joriy qilish bo‘yicha qator xorijiy davlatlar, xususan, Fransiya tajribasi o‘rganilgan. Ammo hozirgi kunda markaz faoliyatidagi jarayonlarning barchasi shu tashkilot mutaxassislari tomonidan amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, markaz rahbarining ma'lum qilishicha, ID-kartalar joriy etila boshlaganiga qaramay, hozirgi kunda O‘zbekiston respublikasi fuqarosining shaxsni tasdiqlovchi asosiy hujjati amaldagi biometrik pasportlardir. Chunki ularda fuqaroning oilaviy ahvoli, yashash joyi, harbiy majburiyati va hatto qon guruhi singari barcha ma'lumotlar jamlangan. Kelajakda maxsus himoyalangan va elektron xotiraga ega bo‘lgan ID-kartalar ham bu boshqa ma'lumotlarni elektron tarzda o‘zida saqlashi mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
22:26 / 14.03.2026
Samarqandda SSSR pasporti bilan yurgan ayolga ID karta berildi
14:30 / 26.01.2026
JShShIRni qanday aniqlash mumkin?
19:55 / 26.12.2025
O‘zbekistonda ID-kartani qanday olish mumkin?
18:00 / 01.04.2025