Jahon | 07:35 / 16.01.2019
4166
2 daqiqa o‘qiladi

Keniyadagi mehmonxonaga hujumda 15 kishi halok bo‘ldi

Foto: REUTERS / Thomas Mukoya

Keniya poytaxti Nayrobidagi mehmonxona majmuasidagi terakt vaqtida kamida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda guvohlarga iqtibos keltirgan holda Associated Press axborot agentligi xabar berdi. Anonim qolish sharti bilan gapirgan politsiyachi ma'lumotlariga ko‘ra, jasadlar o‘likxonaga yetkazilgan.   

Ma'lum qilinishicha, qurbonlar orasida AQSh va Buyuk Britaniyaning bittadan fuqarosi bor. 11 qurbon Keniya fuqarosi bo‘lib, 2 jasadning yonida hujjati bo‘lmagani sababli ularning fuqaroligini o‘rnatishning imkoni bo‘lmagan. 

Keniya huquq-tartibot idoralari majmuadan odamlarni evakuatsiya qilmoqda. Ma'lum qilinishicha, qutqaruvchilar majmua hududidan 50 ga yaqin kishini olib chiqishgan. 

Nayrobidagi DusitD2 mehmonxona-ofis majmuasiga hujumni “Ash-Shabob” guruhi jangarilari uyushtirgan. Majmuada mehmonxona, banklar filiallari va ofislar joylashgan.

Jangarilar mehmonxonada ikkita portlashni amalga oshirib, so‘ngra otishma boshlagan. Jangarilar, shuningdek. bir necha kishini asirga olgan. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid