Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
13 ming dollarlik zargarlik buyumlari uchun pul o‘rniga qog‘oz bo‘laklarni berib, aldab ketgan ayol ushlandi
2019 yil 4 yanvar kuni Samarqand viloyati Past Darg‘om tumani Buxoro ko‘chasida yashovchi I.A. (ayol) Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan “Oloy” bozori hududida fuqaro M.N. (ayol)ga zargarlik buyumlarini sotib olishini aytgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, bu shaxs aldov yo‘li bilan undan umumiy qiymati 13500 AQSh dollari bo‘lgan zargarlik buyumlarini olgan.
Buning evaziga ichida 30000 AQSh dollari bor deb, gazeta bo‘laklari qirqib solingan konvertni berib, zargarlik do‘koniga kirib, boshqa eshikdan chiqib voqea joyidan yashiringan.
Ko‘rilgan choralar natijasida I.A. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026