Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya rivojlanish agentligi ishtirokida “Iqtisodiy boshqarishni yaxshilash dasturi” amalga oshiriladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Fransiya rivojlanish agentligi ishtirokida “Iqtisodiy boshqarishni yaxshilash dasturi” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Hujjatda qayd etilishicha, Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida ishlab chiqilgan “Iqtisodiy boshqarishni yaxshilash dasturi” loyihasini amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi va Fransiya rivojlanish agentligi o‘rtasida (FRA) budjetni qo‘llab-quvvatlash uchun 150,0 million yevro miqdorida olti yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda so‘ndirish muddati 20 yil bo‘lgan Qarz bitimi imzolangan;
O‘zbekiston Respublikasiga FRAning qarzi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarini moliyalashtirish uchun taqdim etiladi.
Belgilab qo‘yilishicha:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi loyihaning amalga oshirilishini umumiy muvofiqlashtirish va monitoring qilish, FRA qarz mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan mas'ul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
FRA qarzini so‘ndirish, shuningdek qarz bo‘yicha foizlar, komissiyalar va boshqa xarajatlarni to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
“Iqtisodiy boshqarishni yaxshilash dasturi” loyihasini amalga oshirish doirasida FRA qarzini so‘ndirish hamda u bo‘yicha foizlar va komissiyalarni to‘lash prognoz jadvali tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi va FRA o‘rtasidagi qarz bitimi bo‘yicha belgilangan tartibda yuridik xulosa beradi.
Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining bosh vaziri A.N.Aripov, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosarlari J.A.Qo‘chqorov va S.R.Xolmurodov zimmasiga yuklandi.
Mavzuga oid
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
10:53 / 24.04.2026
Yevrozonada biznes faolligi pasaydi: xarajatlar bosimi kuchaymoqda
17:06 / 18.04.2026
Eron urushi ta’siri va naqdsiz to‘lov mantiqsizliklari - Behzod Hoshimov bilan suhbat
08:04 / 04.04.2026