Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST insoniyatga xavf soluvchi global tahdidlar an'anaviy ro‘yxatini e'lon qildi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti insoniyatga xavf soluvchi 10 ta global tahdiddan iborat har yillik ro‘yxatni e'lon qildi. Ushbu ro‘yxatga ilk bor emlashdan ataylab bosh tortish kiritildi.
JSSTning ta'kidlashicha, bu trendning davom etishi vaksinasi bor kasalliklar epidemiyasiga qarshi kurash bo‘yicha ko‘p yillik muvaffaqiyatni xavf ostiga qo‘yadi. Hisobotda aytilishicha, misol uchun, qizamiq bilan kasallanishlarning ko‘payishi ko‘p jihatdan emlashdan bosh tortish bilan bog‘langan.
JSST insoniyatga tahdid soluvchi boshqa xavflar orasida havoning ifloslanishi, grippning yangi pandemiyasi, antibiotiklarga chidamli yangi yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi, rivojlanayotgan davlatlardagi tibbiy yordam tizimini aytib o‘tgan.
JSST ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda emlash har yili 2-3 millionta barvaqt o‘limning oldini olishga imkon beradi.
Mavzuga oid
13:05 / 02.12.2025
Qizamiqdan o‘limlar soni kamaydi, lekin kasallanish ko‘rsatkichlari oshib bormoqda – JSST
20:28 / 16.11.2025
Misr qadimiy kasalliklardan biriga barham berilganini e’lon qildi
13:32 / 16.10.2025
Bakteriyalarning antibiotikka chidamliligi keskin ortmoqda – JSST
18:05 / 15.10.2025