Bu haqda The Guardian Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) tadqiqot bölimi rahbari Vazi Murti bayonotiga tayanib yozdi.
Qayd qilinişiça, hozir faqat Zair ştammiga qarşi vaksina mavjud bölib, u, xususan, 2014-2015 yillarda Afrikada Ebola epidemiyasini keltirib çiqargan.
Murti sözlariga köra, Bundibugio ştammiga qarşi eng istiqbolli vaksina Zair ştammiga qarşi vaksina bilan bir xil tamoyillarga asoslanadi, ammo uni yaratiş uçun vaqt kerak.
«Hozirça bunday vaksinaning klinik sinovlar uçun foydalaniş mumkin bölgan dozalari yöq. Bizdagi ma’lumotlarga köra, bu olti oydan ön oygaça davom etadi», dedi u.
JSST boş direktori Tedros Adanom Gebreyyesus sözlariga köra, mintaqadagi vaziyat davom etayotgan qurolli mojaro tufayli yomonlaşmoqda. Sönggi oylarda 100 mingdan ortiq odam öz uyini tark etişga majbur böldi.
«Tibbiyot muassasalari, agar tibbiyot xodimlarining özi qoçişga majbur bölsa, davolaş va epidemiologik nazoratni ta’minlay olmaydi», dedi Gebreyyesus.
Kongo Demokratik Respublikasi rasmiylarining sönggi ma’lumotlariga köra, Ebola epidemiyasi boşlanganidan beri kamida 160 kişi halok bölgan. Ikki provinsiyada 671 ta taxminiy kasallaniş holati aniqlangan. BMT, şuningdek, qöşni Ugandada bir kişi halok bölgani va yana bir kişi kasallanganini ma’lum qildi.












