Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston sotiladigan oltin hajmlari ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq maxfiylik rejimini bekor qiladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Kon-metallurgiya tarmog‘i korxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda kon-metallurgiya tarmog‘i yirik korxonalarining rejim-maxfiy bo‘limlari xodimlarining shtat birliklarini optimallashtirishni nazarda tutuvchi ishlab chiqariladigan va sotiladigan oltin hajmlari ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq maxfiylik rejimini bekor qilish choralarini ko‘radi.
Belgilanishicha, kon-metallurgiya tarmog‘i yirik korxonalarining oddiy aksiyalari bo‘yicha dividendlarni hisoblash Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda belgilanadigan miqdorlarda har chorakda amalga oshiriladi.
Agentlik:
a) zarur bo‘lganda, mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, kon-metallurgiya sohasidagi yirik korxonalarning davlat ulushini ishonchli boshqarish bo‘yicha investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar bilan avval tuzilgan shartnomalarning qayta ko‘rib chiqilishini hamda qayta rasmiylashtirilishini ta'minlaydi;
b) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga portlovchi moddalarni hamda ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallar va asbob-uskunalarni ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanadigan davlat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish imkoniyatini ko‘zda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni;
2019 yil 30 avgustga qadar xalqaro ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasini kiritadi.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026