O‘zbekiston | 10:22 / 19.01.2019
40206
3 daqiqa o‘qiladi

Daraxtlarni kesishning qonuniy yo‘li o‘ylab topildi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Hukumat qarori bilan Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish, kesish hamda daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy targ‘ibot» Telegram-kanalida ma'lumot berilgan.

Nizom bilan, davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish, butash, kesish, shu jumladan, sanitariya maqsadida kesish hamda daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish tartibi belgilandi.

Ma'lum qilinishicha, daraxtlar va butalarni ekish ularning turlari, iqlim sharoitiga moslashuvchanligi, yer osti suvlarining yaqinligi, yerning sho‘rlanish darajasi hamda sug‘orish tizimi mavjudligiga qarab amalga oshiriladi.

2019 yil martgacha davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlardagi daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha metodik qo‘llanma ishlab chiqiladi hamda 2019 yil iyun oyigacha davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlardagi daraxtlar to‘liq xatlovdan o‘tkazilishi kutilmoqda.

Daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish har 5 yilda bir marta o‘tkaziladi. Xatlovni o‘tkazish uchun har bir hududda mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari qabul qilinadi. 

Xatlov o‘tkazishda 100 yoshdan oshgan daraxtlar aniqlansa, ularni tabiat yodgorliklari sifatida muhofazaga olish uchun alohida reyestr yuritiladi.

Sanitar maqsadida daraxtlar va butalarning shoxlari:
quriyotgan yoki qurib qolgan;

betartib o‘sishi natijasida hovli, ko‘cha va boshqa jamoat joylarining ko‘rinishini buzib turgan;
kasallangan;

turli infratuzilmalar faoliyatiga xalaqit berayotgan;
shamol, qor yoki boshqa tabiiy jarayonlar ta'sirida sinishi natijasida odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga hamda mol-mulkiga xavf solayotgan holatlarda kesiladi.

Daraxtlar va butalarni kesish, shu jumladan, sanitariya maqsadida kesish ishlari mahalliy davlat hokimiyati organlarining Obodonlashtirish boshqarmalari yoki ushbu turdagi xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan to‘lov evaziga amalga oshiriladi.

Daraxtlar va butalarni yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan kesish quyida keltirilgan to‘lovlar asosida amalga oshiriladi:

Mavzuga oid