Jamiyat | 18:38 / 20.01.2019
13835
2 daqiqa o‘qiladi

Xayriya natijasi: Elina Hindistonga jo‘nab ketdi. Qizaloqni duo qilaylik

Xabaringiz bor Kun.uz sayti xayriya aksiyalari doirasida yaqindagina «Endigina olti oy umr ko‘rgan chaqaloq og‘ir dard bilan kurashmoqda: Yosh oila yaxshilar ko‘magiga muhtoj» sarlavhali xayriya aksiyasi e'lon qilingan edi. Unda Navoiy shahrida istiqomat qiluvchi yosh oila — Farrux Norqulov va Farida Bo‘ronovalarning 2018 yil 8 iyulda tug‘ilgan qizi Elina haqida so‘z boradi. Qizaloqqa Respublika ixtisoslashgan pediatriya ilmiy-amaliy markazida biliar jigar sirrozi tashxisini qo‘yishgan. Shifokorlar bu kasallikni donorlik jigarini transplantatsiya qilish orqali davolash mumkinligini aytishgan. Bu turdagi jarrohlik amaliyoti Hindistonda qilinar ekan. Ota-ona Nyu-Dehli shahridagi «Maks» klinikasi bilan bog‘lanishgan. Bu jarrohlik amaliyoti va undan keyingi davolanish uchun 38.000 AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ zarurligi, lekin oila mablag‘ni topishga imkoniyati yo‘qligi sabab yordam so‘rab murajaat qilishgan.

Siz azizlarning yordamingiz bilan kerakli mablag‘ yig‘ildi. Ular bugun shifo ilinjida Hindistonga uchib ketishmoqda. Biz ham ijodiy guruhimiz bilan Elinaga oq yo‘l tilash maqsadida aeroport tomon shoshdik. Yosh oila bilan ko‘rishdik. 

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Elinaning otasi Farrux Norqulov mehribon xalqimizga o‘z minnatdorligini bildirib o‘tdi. Shu o‘rinda Kun.uz jamoasi ham xayriya aksiyasida ishtirok etgan barcha yurtdoshlarimizga o‘z minnatdorchiligini bildiradi. Qilgan savob va xayrli ishlaringiz nur bo‘lib yo‘lingizni yoritsin. Oilangizga tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik tilab qolamiz, aziz va saxovatpesha yurtdoshlar!

Mavzuga oid