Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh yirik brendlari o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarini boykot qilmoqda. O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Vashingtonga boradi
2019 yil 4-6-fevral kunlari O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi AQShga tashrif buyuradi. Delegatsiya tarkibidan bosh vazir o‘rinbosari Tanzila Norboyeva hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev o‘rin olgan.
O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi ma'lumotiga ko‘ra, mamlakatimiz hukumatining majburiy mehnatni yo‘q qilish uchun mas'ul bo‘lgan vakillari Vashington shahrida Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi yillik yig‘ilishida qatnashadilar.
Cotton Campaign paxta yetishtirishda bolalar va majburiy mehnatni bartaraf etish tashabbusiga ega bo‘lgan mehnat va inson huquqlari bo‘yicha NNT, biznes hamda investitsiya kompaniyalarini o‘z ichiga olgan tashkilotdir.
Delegatsiya tashrifining asosiy maqsadi - AQSh eng yirik brendlarining O‘zbekiston «to‘qimachilik mahsulotlariga nisbatan boykotini» bekor qilishga qaratilgan hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqish.
Tashrif dasturida inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlari, Amerika ishlab chiqaruvchilarining yirik assotsiatsiyalari, riteylerlari va kasaba uyushmalari tashkilotlari, Amerika kiyim va poyabzal uyushmasi, AQSh moda sanoati uyushmasi, Amerika mehnat federatsiyasi va Sanoat tashkilotlari kongressi hamda Nike, Zara, GAP, Levi's, H&M, UNIQLO kabi yetakchi brendlar vakillari bilan uchrashuvlar ham bor.
O‘zbekiston elchixonasi xabar berishicha, hukumat delegatsiyasi Oq uy vakillari, Davlat departamenti, Mehnat vazirligi, AQSh Savdo vakili ofisi va boshqa xalqaro moliya institutlari vakillari bilan muzokaralar olib boradi.
Mavzuga oid
23:07
Tramp yakuniy kelishuv uchun Eronga 60 kun muhlat berdi
22:32
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
10:30
Boliviya va AQSh 18 yillik tanaffusdan so‘ng narkotrafikka qarshi hamkorlikni tikladi
09:45