DXA: Davlat xizmatlari markazlari tomonidan «mahalladan ma'lumotnoma» berilmaydi

Foto: UzA
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, 2018 yil 15 oktyabrdan davlat va xo‘jalik organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining shaxsning yashash joyi bo‘yicha (propiska qilinganligi) yashayotganligi, shaxsning ishsizligi hamda bolani, yolg‘iz shaxslarni, pensionerlarni va nogironlarni parvarish qilganligi haqida tasdiqlovchi hujjatlarini, shuningdek shaxsning tavsifnomasini taqdim qilish bo‘yicha tartib bekor qilingan.
Shuningdek, fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatilishi jarayonida ushbu turdagi hujjatlarni olish zaruriyati tug‘ilganda, davlat va xo‘jalik organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari mazkur ma'lumotlarni tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi organlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan idoralararo elektron hamkorlik orqali so‘rab olishi belgilangan.
Davlat xizmatlari agentligi xabariga ko‘ra, bugungi kunda o‘zini-o‘zi boshqarish organlari (mahallalar) va davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ishtirok etuvchi qator vakolatli davlat organlari, shu jumladan tuman hokimliklari, Ichki ishlar boshqarmalari va bo‘limlari, Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limlari, tuman Davlat soliq inspeksiyalari, oliy va o‘rta maxsus ta'lim muassasalari, maktabgacha ta'lim bo‘limlari, xalq ta'limi bo‘limlari, banklar va boshqa davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan mazkur Qaror talablari noto‘g‘ri talqin etilib, fuqarolarni yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarni olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga yuborish holatlari juda ko‘p kuzatilmoqda.
«Bu esa, o‘z navbatida, fuqarolarning ovoragarchiligi va noroziligiga, shu bilan birga davlat organlariga nisbatan salbiy qarashiga sabab bo‘lmoqda.
Shu bois, Davlat xizmatlari agentligi Davlat xizmatlari markazlari tomonidan “mahalladan ma'lumotnoma” berilmasligini rasman e'lon qiladi. DXMlar orqali avvallari Ichki ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan manzil-ma'lumot axborotlari beriladi. Mazkur hujjat fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan berilgan ma'lumotnomadan tubdan farqlanadi.
Hurmatli fuqarolar! Agar davlat idoralari Sizdan yashash joyidan ma'lumotnomani taqdim etishni talab etishsa, Davlat xizmatlari agentligining 1148 hamda Adliya vazirligining 1008 ishonch raqamlariga murojaat etishingizni iltimos qilamiz», - deyiladi DXA xabarida.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Ular nima qilayotganini bilmaydi» - Tramp Erondan ham, Isroildan ham mamnun emas
Jahon | 21:21
-
Eronning «Basij» maxsus xizmati rahbari halok bo‘ldi
Jahon | 21:17
-
Tramp Isroil va Eron o‘rtasidagi ziddiyatni sharhlab, haqoratli so‘zlarni ishlatdi
Jahon | 20:50
-
Armaniston bosh vaziri Pashinyan davlat to‘ntarishiga urinish bo‘lganini e’lon qildi
Jahon | 20:46
Mavzuga oid

12:30 / 08.06.2025
Toshkentdagi mahalla ichida 5 qavatli mehmonxona qurilishi mumkin. Aholi bunga qarshi chiqmoqda

19:20 / 25.04.2025
Qibrayda ichimlik suvi quvuri ustidan ariq tortilmoqda

09:56 / 22.01.2025
Kriminogen vaziyat og‘ir mahallalar bilan yangicha ishlash mexanizmi joriy etiladi

14:28 / 14.01.2025