Özbekiston prezidenti 4 iyun kuni “Quriliş sohasida natijaga asoslangan boşqaruvni joriy etiş hamda sohada davlat xizmatlarini soddalaştiriş çora-tadbirlari töğrisida” farmon imzoladi.
Farmonga köra, 2026 yil 1 iyuldan obektlarni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulaş “bitta ariza – bir tölov – barça ulaniş nuqtalari” tamoyili asosida kompozit şaklda amalga oşiriladi.
2026 yil yakuniga qadar Toşkent şahri, 2027 yil yakuniga qadar qolgan hududlar böyiça "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ, "Hududgazta’minot" AJ, "Özsuvta’minot" AJ va boşqa muhandislik-kommunikatsiya taşkilotlarining tegişli tarmoqlardagi yuklamalar, mavjud zaxira va ulaniş nuqtalari haqidagi ma’lumotlari geografik axborot tizimi (GIS) şaklida "Raqamli hukumat" tizimining idoralararo integratsiyalaşuv platformasiga integratsiya qilinadi.
Bunda mazkur ma’lumotlar asosida obektlarni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulaş uçun texnik şartlarni beriş jarayonlari boş reja raqamlaştirilgan aholi punktlarida töliq inson omilisiz amalga oşiriladi.
Yagona davlat xizmati
Hujjatda yozilişiça, Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi tomonidan Toşkent şahrida bino-inşootlarning ixtisoslaşişini özgartiriş, qayta quriş, rekonstruksiya qiliş hamda öz hududida qöşimça bino-inşootlar qurişni loyihalaştirişga ruxsatnoma beriş va arxitektura-rejalaştiriş topşiriğini işlab çiqiş böyiça davlat xizmatlarini bitta bosqiçda körsatiş amaliyoti joriy qilingan va bu ijobiy natija bergan.
2026 yil 1 sentabrdan boşlab yuqorida sanab ötilgan davlat xizmatlari respublikaning barça hududlarida birlaştirilib, yagona davlat xizmati – arxitektura va şaharsozlik talabini beriş tizimi joriy etiladi. Bunda mazkur talablar boş rejasi raqamlaştirilgan aholi punktlari böyiça inson omilisiz (avtomatik ravişda) şakllantiriladi.
Özbekistonda loyihalaş va qurilişni parallel olib boriş amaliyoti özgaradi
Hududiy kengaşlarga hokimlar rais böldi












