Messenjerlar. Muloqot qiliş, biznes va boşqaruv amaliyotida hujjat almaşiş hamda boşqa qator qulayliklari sabab bugun barçamiz uning faol foydalanuvçisimiz. Kunda yo kunora messenjerlar xizmatiga murojaat qilişga könikib ulgurdik. Aslini olganda, kişilar örtasidagi muloqotning messenjerlarga köçişi butun dunyoda keçayotgan yirik tendensiya hisoblanadi.

Messenjerlar haqida gapirganda undagi ma'lumotlar xavfsizligi masalasiga ham töxtaliş zarur, sababi, axborot almaşinuvida xavfsizlikning ta'minlanişi ijtimoiy tarmoq va messenjerlarga qöyiladigan dastlabki talabdir. Oxirgi yillarda köplab mamlakatlarda mahalliy messenjerlar yaratiş orqali ularning xizmatlari özlaştirilayotgani inobatga olinsa, kelajakda uşbu xizmatlarning ham mahalliylaşişini taxmin qiliş mumkin. Aynan xavfsizlik sabab.

Kun.uz ötgan 2018 yilning sentabr oyida «Pager Özbekistonda Telegram örnini bosa oladimi?» sarlavhasi bilan “ORIENT SOFTWARE TEAM” kompaniyasining asosçilari tomonidan yaratilgan Pager nomli dastur haqidagi ma'lum qilib, uning asosçilaridan biri Anvar Karimov bilan intervyu taşkil qilgan edi. Intervyuda yoş dasturçi tomonidan özbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tillarida işlovçi Pagerʼdan kelgusida nafaqat muloqot vositasi balki aholiga turli yönalişlarda xizmat körsatişda ham foydalaniş mumkinligi aytilgan edi.

Xöş, ötgan vaqt davomida dasturda qanday özgarişlar böldi, foydalanuvçilarning Pagerʼga nisbatan fikri qanday? Ana şu savollar bilan dastur yaratuvçilari, “ORIENT SOFTWARE TEAM” kompaniyasi xodimlariga murojaat qildik.

- Bundan bir muddat avval Saytimiz orqali keng ommaga Pager dasturi haqida ma'lum qilgan edik, ayting-çi, foydalanuvçilar uşbu dasturni qanday kutib olişdi?

Anvar Karimov:

- Pager dasturining ilk foydalanuvçilari uni juda iliq kutib olişdi. Asosiy qiziqişni IT soha mutaxassislari bildirişdi. Çunki loyiha kölami va uni amalga oşirişdagi murakkabliklarni mazkur soha vakillari yaxşi bilişadi.

Dasturdan foydalaniş davomida uni yanada takomillaştiriş böyiça öz maslahatlarini, takliflarini bergan insonlar ham köp böldi.

- Avvalgi intervyuda dasturni takomillaştiriş böyiça hali qilinadigan işlar köp, degandingiz. Ayting-çi, ötgan vaqt davomida kompaniya mutaxassislari tomonidan dastur ustida qanday işlar qilindi, asosiy özgarişlar nimalardan iborat?

Anvar Karimov:

Dasturda qöl urilgan asosiy özgarişlardan biri uning bekend qismini takomillaştirilişi va optimallaştirilganligi böldi. Android platformaning yangi talqini ham töliq eng sönggi zamonaviy dasturlaş tilida özgartirib çiqildi. Bu foydalanuvçilarning vaqti va internet xarajatlarining tejalişiga xizmat qiladi.

Şuningdek, dasturni takomillaştiriş borasida qilingan eng asosiy amallardan yana biri bu şubhasiz, foydalanuvçilarning şaxsiy yozişmalari va ma'lumotlarini işonçli himoyalanişi borasida böldi. Biz ikki bosqiçli va yuqori darajali şifrlaş usullaridan foydalangan holda Pager foydalanuvçilarining özaro xavfsiz ma'lumot almaşişlarini ta'minladik.

Dasturga mutlaqo yangi Peger kloud (Peger bulutli tizim) xizmati qöşildi bu esa foydalanuvçilarga özining katta hajmdagi ma'lumotlarini bulutli tizimda saqlaş hamda mobil vositalar orqali duç kelinadigan xotira joyi yetişmovçiligi muammosini hal qiliş imkonini beradi .

- Özbekistondagi internet foydalanuvçilari Pager orqali nimalarni yutadi, undan foydalanişning qanday qulayliklari bor?

Anvar Karimov:

- Bilasizmi, gap butunboşli yangi messenjer haqida ketyapti. Pager messenjerini yaratiş va işga tuşiriş orqali foydalanuvçilarimizga ham arzon ham taşqi ta'sirlardan himoyalangan milliy ma'lumot almaşiş dasturini taklif etmoqdamiz.

Dastur özining töliq imkoniyatlari bilan işlay boşlaganda sizda taşqi messenjerlardan foydalanişga umuman hojat qolmaydi. U törtta: özbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tillarida işlaydi. Kelgusida yangi tillarni qöşiş mumkin.

Matn, rasm, kontaktlar, media fayllarni yuboriş, şuningdek barça foydalanuvçilarni qiziqtiruvçi audio va video qönğiroqlarni amalga oşiriş deysizmi, uyda ötirgan holda kommunal tölovlarni amalga oşiriş yoki ular haqda ma'lumot oliş deysizmi, barçasini Pager orqali amalga oşiraverasiz. Şuningdek, mamlakatimizdagi mavjud tölov tizimlari bilan ham dasturni integratsiya qiliş rejalarimiz bor. Yana bir qulaylik: dastur Tas-IX zonasida töliq bepul işlaydi.

- Messenjerning keng amaliyotga joriy etilişi biroz köp vaqtni olayotgandek...

Anvar Karimov:

- Buni asosiy sababi, biz xususiy taşkilot sifatida faoliyat yuritamiz va bizda Pagerʼdan taşqari ham bir qança loyihalar mavjud. Mana şunday loyihalarni amalga oşiriş va ulardan tuşgan daromadning bir qismini Pager loyihasiga yönaltiriş orqali rivojlantirib bormoqdamiz.

Hozirda dastur serverlarini imkoniyatini ma'lum darajada yaxşiladik. Natijada foydalanuvçilar avvalgiga nisbatan tezroq va sifatliroq internet tezligi bilan ta'minladi. Qisqa qilib aytganda, foydalanuvçilarga ma'qul keladigan mukammal bir dastur yaratiş uçun harakat qilmoqdamiz, bu esa biroz vaqtni olişi tabiiy.

- Messenjerni yaratişda sizlarga öz homiylik mablağlarini taklif qilgan tadbirkorlar ham bormi?

- Anvar Karimov:

Suhbat boşida aytganimdek, dasturga qiziqiş yuqori. Biz bilan hamkorlik qiliş maqsadida bir qator kompaniya va muassasalar öz takliflarini bildirişmoqda. Jumladan, Toşkent şahridagi INHA universiteti bilan kadrlar masalasida doimiy aloqalar örnatilgan. Kun.uz internet sayti mutaxassislari bilan esa foydalanuvçilar istagidan kelib çiqqan holda qöşimça qulayliklarni oşiriş borasida hamkorlik qilib kelmoqdamiz.

Biz kelajakda Özbekiston va qöşni Respublikalarda ham keng foydalanilişi közda tutilayotgan Pager messenjeri imkoniyatlarini oşiriş borasida hamkorlikni taklif qiluvçi barça kompaniyalar bilan kelişuvga tayyormiz.

Kompaniyamiz milliy messenjer dasturini öz imkoniyatlaridan kelib çiqqan holda rivojlantirmoqda. Ammo şunisi aniqki, vaqt ötib dasturdan foydalanuvçilar soni oşib borgan sari serverga bölgan ehtiyoj ham ortib boradi. Bunda paytda biz bilan doimiy işlovçi hamkorlar zarur albatta.

Şunisi quvonarliki, dastur ustida kreativ fikrlovçi ajoyib jamoa işlamoqda. Bunday jamoa bilan har qanday maqsadga erişa olişimizga işonaman.

Özbekistonlik dasturçilarning salohiyati yuqori. Biz ana şunday salohiyatli dasturçilar va mavjud potensial bilan yirik loyihalarni amalga oşiriş mumkinligiga işonamiz.

- Siz va jamoangizga uşbu maqsadlarni amalga oşiriş yölida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Anvar Karimov:

- Rahmat.

Pager dasturi haqida qöşimça ma'lumot va loyihada hamkorlik uçun telefon: +99899 833 24 11