Özbekistonlik dasturçilar tomonidan yaratilgan Pager messengerʼi foydalanuvçilari endi TAS-IX muhitida ovozli xabarlar yuboriş va video qönğiroqlarni amalga oşiriş imkoniyatiga ham ega böldi. Bu haqda dastur işlab çiqaruvçilaridan biri Anvar Karimov Kun.uzʼga ma'lum qildi. 

“Biz dasturni takomillaştiriş va özbekistonlik internet foydalanuvçilari uçun töliq işonçli hamda har tomonlama qulay mahalliy messenjer yaratiş ustida tinimsiz izlanmoqdamiz.  Izlanişlar natijasida endi Pager ilovasi foydalanuvçilari uçun özaro TAS-IX muhitida ovozli xabarlar almaşiş va videoqönğiroqlarni amalga oşiriş imkoniyatini yaratdik. Öylaymizki, bu qulaylik foydalanuvçilarimiz uçun ayni muddao böladi”, deydi dasturçi. 

Avvalroq Anvar Karimov Pager ilovasi orqali foydalanuvçilarning özaro matn, rasm, kontaktlar, mediafayllarni juda oson tarzda almaşiş imkoniyatlari hamda dasturning özbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tillarida işlaşi haqida ma'lumot bergan edi. 

Ma'lumot uçun, internet foydalanuvçilar ilovani quyidagi havolalar orqali yuklab olişlari mumkin:

Google Play
App Store

 

Reklama huquqi asosida