Yaponiyaning Kobe universiteti huquq fakulteti doktoranti Husain Rajapov yangi tuzilgan «Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi» qaysi tamoyillarga suyanişi lozimligi xususida öz fikrlarini «Gazeta.uz» naşrida e'lon qilingan tahliliy maqolasida bayon etdi.
Yaqinda Prezident Şavkat Mirziyoyevning farmoni bilan «Davlat raqobat qömitasi» asosida «Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi» (Antimonopoliya qömitasi) taşkil etilgani töğrisidagi yangilik kişini quvontirdi. Alohida va mustaqil monopoliyaga qarşi kuraşuvçi idora joriy iqtisodiy islohotlar zanjirida yetişmayotgan edi.
Bu kabi islohot mamlakatda 2000 yilda ham amalga oşirilgan — Moliya vazirligi tarkibidan mustaqil «Monopoliyadan çiqariş davlat qömitasi» ajratilgan edi. Biroq hukumatning 2012 yildagi qarori bilan «Monopoliyadan çiqariş davlat qömitasi» va «Davlat mulk qömitasi» yangi idoraga — «Davlat raqobat qömitasi»ga aylantirildi.
Afsuski, bu yangi taşkil etilgan qömita faoliyatida bevosita raqobatni rivojlantiriş va monopoliyaga qarşi yönaliş oz örin olgan edi. Davlat raqobat qömitasining 2012 yildan keyingi hisobotlari bunga dalolat böla oladi. Ularda asosan davlat aktivlarini xususiylaştiriş, sotiş, boşqariş, noçor korxonalar bilan işlaş va hokazolar yoritilgan.
Ya'ni, aytiş mumkinki, 2012 yilda Davlat mulk qömitasi Monopoliyadan çiqariş davlat qömitasini «yutib yubordi». Bu esa mamlakatdagi raqobatni himoya qilişga salbiy ta'sir körsatdi. Şu sababdan, mustaqil Antimonopoliya qömitasi taşkil qilinişini bozor iqtisodiyotini qurişdagi töğri qadam, deb hisoblayman.
«Körinmas qöl»
Odamlarning öz manfaatlarini közlab qiladigan, ammo pirovardida butun jamiyatga foyda böladigan sa'y-harakatlari iqtisodiyotning «körinmas qöli» deyiladi. Zamonaviy iqtisodiyot otasi sanalmiş Adam Smitning «körinmas qöl» nazariyasiga asosan, inson öz tabiatiga köra xudbin va manfaatparastdir. Ammo u öz foydasini közlab faoliyat yuritsa-da, beixtiyor jamiyatga foyda keltiradi.
Eng qiziği — u bu bilan «jamiyatni boyityapman» degan fikrni xayoliga ham keltirmaydi. Lekin «körinmas qöl» şunday natijalarga olib keladiki, bundan nafaqat u odam — butun jamiyat manfaat köradi. Iqtisodiyot nazariyasiga köra, bozorning bunday «körinmas qöli» moddiy resurslarni taqsimlaşda eng samarali instrument hisoblanadi. Biroq, turli xil taşqi sabablarga köra, bu nazariya ba'zida iş bermay qoladi.
Mavzuga oid
Bozorning «körinmas qöli» ojiz bölib qolgan paytda, iqtisodiyot tamoyillaridan biriga köra, davlat iqtisodiy holatni yaxşilaş imkoniyatini işga solişi kerak. Klassik misol — kimyoviy zavodlarning atrof-muhitni ifloslantirişi. Bunday holatda davlat tabiatni muhofaza qiliş borasidagi qonunçilik vositasida vaziyatni yaxşilaş imkoniyatiga ega böladi.
Bozorni noçor holatga keltiradigan omillarga yana bir misol — bozor ustidan hukmronlik örnatiş (monopoliya, kartellar). Bularning natijasida iqtisodiy samaradorlik pasayadi. Bu holatda davlat özining bevosita aralaşuvi orqali bozordagi nosoğlom holatni yaxşilaşi mumkin. Davlatning bunday — bozordagi nosoğlom raqobatni yöq qilişga yönaltirilgan ijobiy aralaşuvi adabiyotda «davlatning körinar qöli» deb ham nomlanadi.
«Körinar qöl»
Mazkur maqola doirasida biz davlatning aynan şunday — «körinar qöli» — monopopoliyaga qarşi kuraşiş faoliyatini körib çiqamiz. Özbekistonda keçayotgan iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oşiriş yölida antimonopoliya idorasining roli qanday? Monopoliyaga qarşi kuraş haqiqatan ham samarali bölişi uçun qanday çoralarni qöllaş kerak? Ana şu savollarga javob berişga harakat qilamiz.
Monopoliyaga qarşi kuraş va islohotlar
Keling, ayni vaqtda davlat tomonidan amalga oşirilayotgan islohotlar va ularning tom ma'nodagi atimonopol siyosat bilan aloqasini körib çiqamiz.
A) Proteksionizm
Mahalliy sanoatni rivojlantiriş iqtisodiy rivojlanişning muhim elementlaridan biri hisoblanadi. Mahalliy korxonalarni himoya qiliş uçun davlat proteksionizm (import örnini bosiş) siyosatini qöllaydi. Proteksionizm tarafdorlari mahalliy korxonalarni xorijiy raqobatdan vaqtinçalik himoya qiliş «ularning dunyo bozorida raqobatbardoşligini oşiriş uçun zarur çora» ekanini ta'kidlaşadi. Ularning nazarida bu çora «mahalliy sanoatni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlaş-ta'minlaş hamda yangi texnologiyalarni örganiş imkonini beradi».
Biroq proteksionizmni qöllagan köplab mamlakatlarning tajribasiga nazar solinsa, bunday — mahalliy korxonalarni himoya qiliş siyosati iş bermaganiga guvoh bölamiz. Çunki, bu mahalliy işlab çiqaruvçilar uçun «betaşviş hayot»ni yuzaga keltiradi, bu esa mahalliy tadbirkorlarda texnologik rivojlanişga bölgan rağbatni susaytiradi.
Köpçilik iqtisodçilar proteksionizmga qarşi çiqişining asosiy sabablaridan biri şu. Avtosanoatimiz bunga klassik bir misol böla oladi.
Proteksionizm siyosati foyda keltirişining yagona şarti — mahalliy korxonalarga xotirjam bölib qoliş imkonini bermaslikdir. Buni esa faqat mamlakatda içki raqobatni rivojlantiriş orqaligina amalga oşiriş mumkin. Bunday strategiyani Yaponiya va Janubiy Koreya tajribasida kuzatiş mumkin. Rivojlanişning erta bosqiçlarida mazkur mamlakatlar hukumatlari mahalliy korxonalarni xorijiy raqobatdan himoya qiliş bilan birga içki raqobatni kuçaytirişgan va şu orqali mahalliy korxonalar orasidan eng raqobatbardoşlarini (çempionlari) yetiştirib, xalqaro bozorga çiqişga rağbatlantirişgan.
Albatta, biror sohada içki raqobatni rivojlantiriş iqtisodiyot va bozor hajmiga boğliq. Bu masalani, yaxşisi, iqtisodçilarga qoldiramiz.
B) Davlat korxonalari
Davlat korxonalari xususiy korxonalarga nisbatan kam samaraga ega ekani iqtisodiy jihatdan isbotlangan. Davlat odatda iş örinlari sonini saqlab qoliş yoki boşqa — öz manfaatlariga mos keladigan ijtimoiy maqsadlar yölida, samarali bölmasa-da, davlat korxonalarini qöllab-quvvatlab turadi.
Samarali antimonopol siyosat noteng bölgan davlat kafolatlari (imtiyozlar) taqdim etilişini qisqartiradi, davlat korxonalarini raqobatga undaydi va eng muhimi, davlat va xususiy korxonalar örtasida teng va tekis öyin maydonini ta'minlaydi. Davlat korxonalari mulkçilik şakli tufayligina qandaydir afzalliklarga ega bölişi notöğri.
Bu boradagi Antimonopoliya qömitasining faoliyati xususiy sektorga davlat korxonalari bilan teng ravişda resurslar, imtiyoz va infratuzilmadan foydalaniş imkoniyatini ta'minlaşga qaratilişi lozim.
C) Investitsiyalar
Monopoliyaga qarşi samarali kuraş töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni jalb etişga turtki bölişi va ularning içki raqobatga salbiy ta'sirini oldini olişi lozim. Qanday qilib?
Birinçidan, investorlar samarali antimonopol qonunçilik va antimonopol siyosatga himoya sifatida qaraydilar — mahalliy korxonalar tomonidan ustun (monopol) mavqe'ini suiiste'mol qiliş hamda mahalliy kartellar tuziş yoki korrupsion holatlar kabi tösiqlar paydo qilişidan himoya sifatida.
Ikkinçidan, samarali antimonopol siyosat investorga alohida — preferensial rejim, ya'ni hukumat tomonidan kafolatlanadigan alohida huquqlarni taqdim etiş orqali investitsiyalar sababidan içki raqobatni çeklaş holatlariga yöl qöymaydi.
D) Korrupsiya
Samarali antimonopol siyosat ba'zi noinsof tadbirkorlar va davlat xizmatçilari örtasida korrupsion kelişuvlar oldini oliş instrumenti bölib xizmat qiladi. Masalan, «Raqobat töğrisidagi qonunning 14-moddasiga köra, Antimonopoliya qömitasining asosiy vazifalaridan biri — davlat xaridlari, auksionlar, tanlovlar va tenderlar şaffof va haqqoniy ötkazilişini ta'minlaş. Şuningdek, bu idora litsenziyalaş va ruxsat beriş tartiblari orqali bozorga kirişni asossiz çeklaşga yöl qöymaydi.
E) Taşqi savdoni erkinlaştiriş
Taşqi savdoni erkinlaştiriş içki bozordagi raqobatni kuçaytirişda asosiy rollardan birini öynaydi. Biroq taşqi savdoni erkinlaştiriş iqtisodiyotdagi raqobatni töliq rivojlantiriş uçun yetarli çora sanalmaydi.
Bu fikrni ikki sabab bilan asoslaş mumkin. Birinçidan, iqtisodiyotning barça sohalari ham taşqi savdoni erkinlaştiriş oqibatida import raqobati bilan töqnaşmaydi. Şuning uçun ham boşqa vosita — monopoliyaga qarşi kuraş kabi çora zarur. Ikkinçidan, savdoning erkinlaştirilişi oqibatida narxlarni sun'iy örnatiş va kötariş, hamda bozorni taqsimlab oliş maqsadida mahalliy tadbirkorlar va xorijiy tadbirkorlar örtasida xalqaro kartel kelişuvlari tuziliş xavfi mavjud.
F) Xususiylaştiriş
Şubhasiz, xususiylaştiriş bozor iqtisodiyotini quriş yölida muhim qadam sanaladi, çunki bozor iqtisodiyotining asosi — xususiy mulk. Biroq taşqi savdoning erkinlaştirilişi kabi xususiylaştiriş ham bozordagi raqobatni töliq ta'minlaş uçun mukammal instrument sanalmaydi. Aksinça, agar monopoliyaga qarşi samarali kuraşilmasa, xususiylaştiriş faqatgina xususiy monopoliyalarning paydo bölişiga olib kelişi mumkin. Ya'ni, xususiylaştiriş monopoliyalarning davlat mulkidan xususiy mulk şakliga ötişini anglatişi mumkin, xolos. Bu esa mohiyatan heç narsani yaxşi tarafga özgartirmaydi. Şuningdek, şuni qayd etiş lozimki, nafaqat xususiylaştirişning özi raqobatga teskari oqibatlarga olib kelişi mumkin, balki xususiylaştiriş jarayoni ham raqobatga qarşi bölişi mumkin.
Ya'ni, agar xususiylaştiriş jarayonining özi haqqoniy va soğlom raqobat asosida amalga oşirilmas ekan, bu holda ayrim nufuzli kişilar xususiylaştirilayotgan obektlarga asosiy da'vogar bölib olişi mumkin. Bu esa jamiyatni xususiylaştiriş islohotining foydasidan mahrum qiladi.
G)Soliqlar
Ma'lumki, soliqlar davlat budjeti tuşumining asosiy manbai hisoblanadi. Şu bilan birga, soliqlarning tadbirkorlik faoliyatiga bölgan ta'siri ham katta. Yuqori stavkali va diskriminatsion soliqlar, ayrim soliq imtiyozlar yangi tadbirkorlarning bozorga kirişiga tösiq bölişi, mavjudlarini esa bozordan çiqişiga olib kelişi, noteng raqobat muhiti paydo bölişi va oqibatda qora bozorning ösişiga sabab bölişi mumkin. Bularning barçasi bozordagi soğlom raqobat muhitiga salbiy ta'sir qiladi. Şu sababdan Antimonopoliya qömitasi yangi Soliq kodeksini işlab çiqişda öta faol iştirok etişi va raqobat çeklanişiga olib boruvçi soliqlar joriy qilinişiga yöl qöymasligi lozim.
Monopoliyaga qarşi samarali kuraş
Yuqorida «monopoliyaga qarşi samarali kuraş» iborasi köp bora qöllandi, biroq bu iboradagi «samarali» tuşunçasi nimani anglatadi? Albatta, «Raqobat töğrisida»gi qonun va Antimonopoliya qömitasi mavjudligining özi monopoliyaga qarşi kuraş samarali bölişini anglatmaydi.
Quyida, monopoliyaga qarşi kuraşning ayrim muammolarini qayd etgan holda, ularning samaradorligini yaxşilaş böyiça öz takliflarimni berişga harakat qilaman.
A) «Raqobat töğrisida»gi qonun
Joriy «Raqobat töğrisida»gi qonun mamlakatimizning öziga xos iqtisodiy va ijtimoiy jihatlarini töliq hisobga olmaydi. Kartel, qöşib yuboriş/oliş, davlat reyestrini yuritiş va ustun mavqeni suiiste'mol qiliş borasidagi me'yor va standartlarni qayta körib çiqiş zarur. Çunki ular zamon talablariga javob bermaydi.
Masalan, «Raqobat töğrisida»gi qonunning 11-moddasi xöjalik yurituvçi sub'yektlarning umumiy bozor uluşi 35 foizdan oşmasa, raqobatni çetga surib qöyib, bemalol narxlarni özaro kelişgan holda asossiz kötariş, bozorlar hududlarini özaro bölib oliş kabi kartel kelişuvlarini tuzişga ruxsat beradi. Şuningdek, davlat-xususiy şerikçiligi asosida taşkil qilingan korxonalar ham bozor uluşidan qat'i nazar, kartel kelişuvlarini tuzişlari mumkin, deyilgan.
Kartel kelişuvlar bozor iqtisodiyoti tizimini buzadigan eng xavfli qonunbuzarlik hisoblanadi. Kartellarni «maxfiy monopoliya» deb ham ataşadi, çunki bunda tadbirkorlar raqobatçidek körinsa-da, aslida raqobat qilmasdan özaro kelişgan holda bir butun monopoliya kabi harakat qilişadi. Ya'ni, deyarli monopoliya kabi narxlarni xohlagan paytda özaro kelişib, baravariga kötarib qöyişga qodir bölişadi.
Şuning uçun bunday istisnolar kartellarga qarşi kuraşni samarasiz qiladi. Istisno qilinişi mumkin bölgan kartel turlari sifatida eksport kartellariga ruxsat berilsa böladi, ammo bunda ham bir şart bilan — kartel kelişuvlari eksportni maqsad qilgan raqobatçi korxonalarning mamlakatdagi içki raqobatiga ta'sir etmasligi lozim.
Ikkinçidan, dunyoda kartel kelişuvlariga qarşi eng samarali vosita — «Jazodan ozod qiliş dasturi»ni (leniency program) amalda joriy etiş mexanizmini işlab çiqiş kerak. Bu dasturning huquqiy asosi 2012 yili «Raqobat töğrisida»gi qonunning 27-moddasida belgilangan bölsada, şu paytgaça amaliyotga tatbiq etilmagan. Bu dasturning mexanizmini işlab çiqişda Yaponiya tajribasiga murojat qilişni taklif qilgan bölardim, çunki Yaponiya AQŞ va Yevropaning «Jazodan ozod qiliş dastur»larining eng yaxşi taraflarini öz içiga olgan va korrupsiyaga eng çidamli dastur hisoblanadi.
Uçinçidan, raqobatga qarşi harakatlar, ayniqsa kartel va ustun mavqeni suiiste'mol qilganlik uçun jazoni kuçaytiriş lozim. Aks holda monopoliyaga qarşi kuraşni tartibga soliş muvaffaqiyatsizlikka uçraydi.
Taklif sifatida jismoniy şaxslar bilan bir qatorda yuridik şaxslarning javobgarligini ham joriy qilişni tavsiya qilaman. Hozirgi vaqtda bizda faqat jismoniy şaxslar (tadbirkor va amaldor) javobgarligi mavjud. Bu «Ma'muriy javobgarlik töğrisida»gi Kodeksning 178-moddasi bilan tartibga solinadi.
Bundan taşqari, raqobatga zid harakatlar uçun ma'muriy jarima tadbirkorlar olişi mumkin bölgan noqonuniy foydaga taqqoslanganda juda kam. Tadbirkorlar kartellar yordamida millionlab va hatto milliardlab pul topadi, holat aniqlanganda esa bor-yöği beş minimal iş haqi miqdorida jarima tölab qutuladi. Endi öylab köring, tadbirkor bölganingizda bir tomonda millionlab foyda tursa-yu, ikkinçi tomonda arzimagan 5 minimal iş haqiga teng jarima tursa, sizni kartel tuzmaslikdan nima töxtatişi mumkin? Ya'ni, aytmoqçi bölganim, hozirgi jarimalar raqobat qonunçiligi buzilişi oldini oliş funksiyasini umuman bajarolmaydi. Ma'lumot uçun: kartel bitimlari mavjud bozorlarda mahsulot narxlari kartel yöq bozorlarga nisbatan kamida 15–20 foiz balandroq böladi.
Törtinçidan, qöşib oliş va aksiyalarni sotib oliş borasidagi monopoliyaga qarşi idoradan oldindan rozilik oliş standartlarini ham bozorda iqtisodiy konsentratsiyaning kuçayişini oldini oliş uçun qayta körib çiqiş lozim. Masalan, Davlat raqobat qömitasining hisobotlariga köra, amaliyotda birlaşiş va aksiyalarni xarid qiliş uçun arizalarning 98 foizi monopoliyaga qarşi organ tomonidan ma'qullanib kelinadi. Bu esa bozorda raqobatçi korxonalar soni kamayib, kartel bitimlarini tuziş osonlaşişiga va dominant korxonalari yuzaga kelişiga olib kelişi mumkin.
Şuningdek, bu qonunni davlat va xususiy korxonalarni teng imkoniyatlar bilan ta'minlaş borasidagi normalar bilan töldiriş lozim. Monopoliyaga qarşi qonunçilikni mukammallaştirişni kelgusi maqolada batafsil körib çiqamiz.
B) Monopoliyaga qarşi mustaqil idora
Birinçidan, Monopoliyaga qarşi kuraşiş (antimonopoliya) qömitasi bevosita prezident va parlamentga hisobot topşiradigan mustaqil ma'muriy organ bölişi kerak. Antimonopoliya qömitasi neytral bölişi va hukumat idoralari faoliyati va islohotlar örtasidagi muvozanatni ta'minlaydigan referi rolini bajarişi lozim.
Antimonopoliya idorasining mustaqilligi borasida yapon hamkasblarimizdan örnak olişni tavsiya etaman. Ötgan asrning 60-70-yillarida arab-isroil uruşlari sabab yuz bergan neft inqirozi davrida kuçli benzin tanqisligi yuzaga keldi. Bu esa neftning jahon narxlari ösişiga olib keldi. Narxlarning ösişidan xavotirga tuşgan neft kompaniyalari benzin narxini oşirişni iqtisodiyot vazirligi bilan kelişişga qaror qilişdi. Yiğilişda Yaponiya iqtisodiyot vazirligi neft kompaniyalari tomonidan taklif etilgan narxni ma'qulladi. Ertasi kuni benzin narxi butun Yaponiyada bir xilda oşdi. Bunga javoban Yaponiyaning monopoliyaga qarşi idorasi neft kompaniyalari ustidan «benzin narxini özaro kelişgan holda belgilaş, ya'ni kartel tuziş» aybi bilan iş qözğadi.
Narxni oşirişga Yaponiya iqtisodiyot vazirligi şaxsan rozilik berganiga Antimonopoliya idorasi umuman parvo qilmadi. Natijada, kartel iştirokçilari raqobat qonunçiligini buzganliklari uçun javobgarlikka tortilişdi. Yaponiyaning antimonopol organi taşkil etilişidan boşlab hozirgaça Yaponiya iqtisodiyot vazirligi bilan bölgan qarama-qarşiliklarini OAVda kuzatiş mumkin.
Ikkinçidan, Özbekiston Prezidenti farmonida aytilganidek, kartel bitimlarini aniqlaş yangi Antimonopoliya qömitasining ustuvor vazifalaridan biriga aylandi. Kartel bitimlarini foş qiliş va isbotlaş uçun Antimonopoliya qömitasi prokuratura kabi tezkor-qidiruv vakolatlariga ega bölişi lozim. Çunki kartel bitimlari maxfiy bölib, ularni aniqlaş va isbotlaş — murakkab jarayon.
Antimonopoliya qömitasini tezkor qidiruv vakolatlari bilan ta'minlaş davlatning kun tartibida turgan-turmaganini bilmayman. Biroq vakolatlarning bu tariqa kengaytirilişi iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqiçida qay darajada maqsadga muvofiqligini yaxşilab öylab köriş kerak. Sababi, raqobat qonunçiligi korrupsiya, vakolatlarni suiistemol qiliş va ayrim şaxslar manfaatlarini himoya qilişning yana bir vositasiga aylanişi xavfi bor.
Ammo, mamlakatimizda sud mustaqilligi bilan boğliq muammolar bartaraf qilinsa, Antimonopoliya qömitasini tezkor qidiruv vakolatlari bilan ta'minlaşning heç qanday xavfi yöq. Çunki, antimonopol idoralarining notöğri va asossiz qarorlaridan va noqonuniy harakatlaridan tadbirkorlarni himoya qiliş uçun faqat sud kafil böla oladi. Şu sababdan, raqobat qonunçiligini yaxşi biladigan malakali va halol sudyalarni tayyorlaş zarur. Nizolarni samarali hal etiş uçun bu öta ahamiyatlidir. Raqobat qonunçiligi va iqtisodiy asoslar böyiça sudyalarning bilimlar yetarli bölmasa, sudlar monopoliyaga qarşi organning ayblov qarorlarini tasdiqlab beraverişdan nariga ötmaydi.
Şu bilan birga, Antimonopoliya qömitasi xodimlarining vijdonliligi, halolligi hamda professionalligi muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, raqobatga zid noqonuniy holatlarni aniqlaş va isbotlaş me'yorlari aniq va tiniq bölişi kerak.
Uçinçidan, monopoliyaga qarşi organ xalqaro kartellarni aniqlaş uçun xorijiy va qöşni mamlakatlar bilan mintaqaviy hamkorlikni örnatişi kerak böladi. Çunki Markaziy Osiyo va boşqa MDH mamlakatlari bilan özaro iqtisodiy integratsiyalaşuvimiz tobora kuçayib bormoqda. Bunday hamkorlik iste'molçilar huquqlarini xalqaro kartellarning sun'iy narx oşirişlaridan himoya qiliş uçun zarurdir.
Törtinçidan, Antimonopoliya qömitasi öz faoliyatini boşlaşda özini ijobiy tomondan nomoyon qilişi, xalqni va xususiy sektorning işonçini qozona olişi juda muhim. Çunki hozirda xususiy sektorda davlat idoralariga nisbatan işonçsizlik (skeptitsizm) yuqori.
Ba'zi davlatlarda yangi taşkil qilingan antimonopol idoralar sodir qilgan xatolarni Özbekiston Antimonopoliya qömitasi sodir etmasligi kerak. Ya'ni, Antimonopoliya qömitasi kiçik va örta biznes yöl qöygan raqobat qonunbuzarliklariga qattiq yopişib, katta korxonalarning raqobatga zid harakatlariga nisbatan köz yumişi yoki sustkaşlik qilişi sodir bölmasligi kerak. Aksinça, kiçik va örta biznes Antimonopoliya qömitasini katta, monopol korxonalarning noqonuniy harakatlaridan himoya qiladigan davlat organi sifatida körişi kerak. Bu borada yana Yaponiya tajribasini örganiş juda örinli deb hisoblayman.
Ana öşanda monopoliyaga qarşi kuraş samarali böladi va Antimonopoliya qömitasi halol tadbirkorlar uçun noinsof tadbirkorlarning raqobatga qarşi harakatlaridan hamda davlat hokimiyati organlarining asossiz qarorlaridan himoya qila oladigan tayançga aylanadi.
C) Raqobat (antimonopol) siyosati
Köpçiligimiz raqobatbardoş bozor deganda bozorda köplab xaridor va sotuvçilarning mavjudligini tuşunamiz. Ha, bu töğri, biroq uşbu tuşunça mukammal emas. Aslida, haqiqiy raqobat bu — tadbirkorlarning bozorga erkin kirib, uni erkin tark eta olişidir. Aynan bozorga kirişdagi tösiqlarning mavjudligi monopoliya yuzaga kelişi uçun asosiy omil hisoblanadi. Bozorga kirişdagi tösiqlar, öz navbatida, quyidagi holatlarda yuzaga keladi:
yagona korxona işlab çiqarişning asosiy resurslariga ega bölganda;
hukumat ayrim mahsulotlarni işlab çiqariş va xizmat körsatiş böyiça bitta xöjalik sub'yektiga mutlaq huquqlar taqdim etganda;
işlab çiqariş xarajatlari şundayki, bozorda yagona işlab çiqaruvçi bölgandagina işlab çiqariş maksimal darajada samarali böladi (tabiiy monopoliyalar).
Aslida, bozorga yangi xöjalik sub'yektlarining kiriş imkoniyati doim mavjud bölsa, zararkunanda monopoliya paydo bölmaydi. Çunki bozorga kirişda tösiqlar bölmasa hamda biznes daromadli bölsa, unga kirişni istaydigan tadbirkorlar albatta topiladi, bu esa monopoliyani öz özidan yöq qiladi.
Tan oliş kerakki, mamlakatimizda monopoliyalarning paydo bölişiga davlatning özi asosiy sababçi hisoblanadi. Şuning uçun Antimonopoliya qömitasining ustuvor faoliyatidan biri — proteksionistik maqsadlar va raqobatni çeklaş maqsadida davlat organlari va yuridik şaxslar birlaşmalari yaratadigan bozorga kiriş tösiqlarini qisqartiriş.
Ikkinçidan, Antimonopoliya qömitasi raqobatning holati va iste'molçilar farovonligiga salbiy ta'sir körsatadigan davlat subsidiyalari, imtiyozlari va proteksionizm çoralarini sinçkovlik bilan qayta körib çiqişi lozim.
Uçinçidan, Antimonopoliya qömitasi davlat idoralari va yuridik şaxslar birlaşmalari (sanoat va savdo assotsiatsiyalari) tomonidan narxlarni nazorat qilişdagi funksiyalarini ham qayta körib çiqişi kerak. Ijtimoiy maqsadlarni közlagan holda ayrim hollarda vazirlik, idora va mahalliy hukumat organlari ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar uçun narxlarni qat'iy yoki maksimal miqdorini belgilaş holatlari uçrab turadi. Biroq davlat idoralari tanganing faqat bir tomonini körgani uçun ularning bunday harakatlari raqobatga ham, iste'molçilarga ham zarar yetkazadi.
Masalan, davlat idoralari tomonidan göşt, muayyan dorilar, benzin kabi mahsulotlar narxining qat'iy belgilanişi oxir-oqibat raqobat holati va umuman iste'molçilar farovonligiga salbiy ta'sir körsatib, bozordagi mahsulotlar tanqisligini yoki sifati buzilişini keltirib çiqaradi.
Törtinçidan, qisman xususiylaştiriş yoki qismlarga böliş mumkin bölgan sohalarni aniqlaş uçun tabiiy monopoliya tuşunçasini toraytirişni taklif etaman. Bunga aeroportlarni «Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniya tarkibidan ajratiş yaxşi misol böladi. Xuddi şunga öxşab tabiiy monopoliyaning boşqa sohalarida demonopolizatsiyani amalga oşiriş mumkin. Misol uçun, elektr uzatişning yuqori voltli liniyalarini davlat boşqaruvida qoldirib, tizimlarni esa özaro raqobat qiluvçi xususiy yetkazib beruvçilar uçun oçiq qilib qöyiş mumkin. Bu xuddi mahalliy telefon kompaniyalari öz liniyalariga xalqaro aloqa kompaniyalari kirişiga imkon berişiga öxşaydi. Kömir böyiça ham şunga öxşaş işlarni amalga oşirsa böladi. Töğri, narxlar biroz oşişi mumkin, ammo transformator bilan boğliq bahonalar, kömirning past sifati va elektr oqimidagi uzilişlar barham topadi.
Aytib ötmasdan iloji yöq: GM Uzbekistan avtokorxonasi tabiiy monopoliya hisoblanmasa-da, hozirda monopol holatda. Ammo avtosalonlar avtosanoat tarkibidan ajratilib, xususiy sektorga beriş ehtimolini körib çiqiş kerak. Ana şunda avtosalondagi «şapkalar» öz-özidan yeçim topadi.
Yuqorida aytib ötilgan vazifalarni samarali bajariş uçun monopoliyaga qarşi idora zarur va u yetarliça moddiy va texnik bazaga ega bölişi lozim. Şuningdek, Antimonopoliya qömitasi xodimlarining maoşi ham mos darajada huquqni muhofaza qiluvçi idoralardagi maoşlardan kam bölmasligi kerak.
D) Ta'lim va tarğibot
Birinçidan, samaradorlik Antimonopoliya qömitasi xodimlarining raqobat qonunçiligini qay darajada puxta bilişi va tuşunişiga boğliq. Raqobat qonunçiligi juda serqirra soha, çunki bozorning turlari köp. Şu sababdan xorijiy tajribani örganiş va xorijiy yurisdiksiyadagi bevosita treninglar, xalqaro taşkilotlarni (donorlar) jalb etiş katta ahamiyatga ega.
Ikkinçidan, samarali monopoliyaga qarşi kuraşni tartibga soliş uçun «Raqobat töğrisida»gi qonunning ahamiyati, mohiyati va me'yorlarini xususiy sektorga tuşuntiriş uçun Antimonopoliya qömitasi tomonidan har xil seminar va konferensiyalar ötkazib boriş maqsadga muvofiq böladi. Tadbirkorlar özlarining qanday harakatlari raqobat qonunçiligini buzişini (kartellar, ustun mavqeni suiiste'mol qiliş, noinsof raqobat va h.k ) va aksinça davlat organlarining qaysi harakatlari tadbirkorlarning huquqlarini buzişi mumkinligini bilişlari lozim. Bu esa, öz navbatida, qonunbuzarlik holatlarini öz vaqtida aniqlaş va oldini oliş imkoniyatini beradi. Masalan, dominant korxona özining ustun mavqeini suiiste'mol qilişining köplab usullari mavjud bölib, ular haqida tadbirkor bilmasligi yoki uni raqobatning normal usuli, deb hisoblaşi mumkin. Aytaylik, hokimlik tadbirkorni biror taşkilotga (sportni rivojlantiriş, madaniy tadbirlar) pul ötkazişga majbur qilişi «Raqobat töğrisidagi» qonunning 12-moddasini buziş ekanini hamma tadbirkor ham bilmasa kerak.
Uçinçidan, kadrlar tayorlaş uçun oliy ta'lim muassasalarida «Raqobat huquqi», «Qiyosiy va xalqaro raqobat huquqi» fanlarini kiritiş kerak. Şuningdek, dissertatsiya işlarini rağbatlantiriş va turli ilmiy konferensiyalarni ötkaziş ham maqsadga muvofiq böladi.
Törtinçidan, monopoliyaga qarşi qonunçilikka ixtisoslaştirilgan advokatlik faoliyatini rivojlantiriş lozim. Xususiy sektor uçun bu katta ahamiyatga ega. Advokatlar tadbirkorlarni antimonopol idoraning asossiz qarorlaridan nafaqat sudlarda himoya qilişi, balki tadbirkorlar örtasidagi raqobat qonunçiligi buzilişi bilan boğliq nizolarni hal qilişda iştirok etişi va buni qöşimça foyda manbaiga aylantirişi mumkin. Misol uçun, «Raqobat töğrisidagi» qonunning 10- va 13-moddalarida belgilangan raqobatni çeklaydigan holatlar oqibatida kelib çiqadigan zararni undiriş böyiça nizolarda tadbirkorlarning manfaatlarini xöjalik sudlarida himoya qilişlari mumkin. Köp davlatlarda, ayniqsa AQŞda, advokatlik faoliyatining bu yönalişi (private litigation) ança rivojlangan.
AMMO! Agarda siyosiy iroda mavjud bölmasa, antimonopoliya qömitasini taşkil qilişning va «Raqobat töğrisida»gi yangi qonunni qabul qilişning heç qanday foydasi bölmaydi.
Odatda islohotçilar antimonopoliya idorasi kuçayişini istamaydilar, çunki ular raqobat siyosati iqtisodiy islohotlarni amalga oşirişda ularning qölini boğlab qöyadi, deb hisoblaşadi. Ammo raqobat siyosati va samarali antimonopoliya idorasi bu — iqtisodiy taraqqiyot uçun asosiy va zaruriy elementlardan biri ekanini tuşuniş lozim.
Siyosiy iroda bölmas ekan, hukumat özining sanoat siyosatiga zid keladigan antimonopoliya idorasining qarorlarini bloklaşni odat qilib oladi — bunday holatlar ötmişdagi antimonopol qömita amaliyotida bölgan. Umid qilamizki, Antimonopoliya qömitasining tuzilişi bunday siyosiy iroda yetilayotganining dalolatidir.
Sözim yakunida mustaqil antimonopoliya qömitasi yaratilişi iqtisodiy farovonlikka erişiş yölida muhim qadam ekanini yana bir bor qayd etmoqçiman. Biroq rivojlanişning hozirgi bosqiçida antimonopoliya idorasi faqatgina nazorat organiga aylanib qolmasdan, balki köproq himoya qiluvçi va huquqbuzarliklar oldini oluvçi idora bölişi lozim. Antimonopoliya qömitasi himoyaviy va oldini oliş funksiyalarini amalga oşira olişi uçun boşqa vazirlik va idoralarning raqobatni çeklaydigan harakat va qarorlariga qarşi çiqa oladigan, neytral va mustaqil idoraga aylanişi kerak. Buning uçun raqobat siyosatining huquqiy va institutsional bazasini takomillaştiriş zarur.
Muallif haqida: Husain Rajapov — Kobe universitetining (Yaponiya) huquq fakulteti doktoranti. Toşkent Davlat yuridik universiteti bitiruvçisi (bakalavr). Tadqiqot sohalari: raqobat huquqi, xalqaro iqtisodiyot huquqi (Jahon Savdo Taşkiloti).