1 yanvardan boşlab Özbekistonda yakka tartibdagi tadbirkorlar (YaTT) va özini özi band qilganlar uçun ularning faoliyatini raqamlaştiriş orqali soddalaştirişni nazarda tutuvçi maxsus huquqiy rejim joriy etildi. Kun.uz muxbiri «QR-kodni hozirça faqat bitta ilovada rasmiylaştiriş mumkin, bu yangi monopoliya paydo bölganini anglatmaydimi?» degan savol bilan Markaziy bank rasmiylariga yuzlandi.

Regulyator rahbarining ta’kidlaşiça, bitta yoki ikkita taşkilotga bu böyiça alohida huquq berilmagan, boşqa tölov taşkilotlari ham imkoniyatdan foydalanişi mumkin.

«Biz moliyaviy xizmatlarni körsatişda monopoliya tarafdori emasmiz. Fintex startaplarni qöllab-quvvatlaş böyiça bizga yuklatilgan vazifa ham şundan iboratki, ularning sonini köpaytiriş hamda körsatayotgan xizmatlari turini oşiriş. Şu sababli xizmat körsatuvçi startaplarni oşiriş tarafdorimiz. Bitta yoki ikkita taşkilot bu işni amalga oşirişi böyiça qaror qabul qilinmagan. Boşqa tölovlarni amalga oşiruvçi taşkilotlar ham özining infrastrukturasidan kelib çiqib bu işni qilişi mumkin. Biz yordam berişga tayyormiz», dedi Timur Işmetov.