Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoning eng boy odami fazoga antiqa raketa uchirdi
Foto: Blue Origin
23 yanvarda dunyoning amaldagi eng boy odami, amerikalik milliarder Jyeff Bezosning Blue Origin kompaniyasi turistik surorbital parvozlar uchun mo‘ljallangan New Shepard ko‘p marotabalik raketasini fazoga 10-marta uchirdi.
Avvalgi ikki parvozdan farqli, bu gal raketa ilmiy-tadqiqot qurilmalari bilan liq to‘la bo‘lgan: NASA Flight Opportunities Program dasturi bo‘yicha yo‘lovchi kapsulasidagi barcha joyni xarid qilgan.
Kapsula va raketaning 1-pog‘onasi Yerga qaytarilgan. Qurilmalar orasida 9 ta tajriba o‘tkazish uchun texnika va materiallar bor.
Raketaning BE-3 (Blue Engine 3) dvigateli vodorod va kislorodda ishlaydi. 110 soniya davom etgan parvoz vaqtida u 490 kilonyuton tortish kuchini hosil qiladi. So‘ngra pog‘ona kapsuladan ajraladi va dvigatel yordamida mustaqil yerga qo‘nadi.
6 yo‘lovchiga mo‘ljallangan kabinka yana qandaydir vaqt inersiya bo‘yicha yuqoriga parvoz qiladi va Karman chizig‘igacha (atmosfera va fazo o‘rtasidagi shartli chegara, 100 km balandlik atrofida) yetib hamda undan o‘tib, so‘ngra parashyutda yerga tushadi.
Mavzuga oid
11:34 / 29.12.2025
KXDR Sariq dengiz yo‘nalishida ikki qanotli raketa sinovini o‘tkazdi
09:15 / 29.11.2025
OAV: Uraldagi harbiy bazada raketa uchirilishi chog‘ida portlab ketdi
16:09 / 11.11.2025
AQShda “Nyu Glenn” raketacining birinchi tijorat parvozi qoldirildi
13:18 / 27.10.2025