Quyida urush “landshafti”ni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan eng qudratli uzoq masofali raketalardan o‘ntasi keltirilgan.

1) RS-28 «Sarmat» (Rossiya)

Rossiyaning eng og‘ir qit’alararo ballistik raketasi — RS-28 «Sarmat» eskirayotgan R-36M o‘rnini bosish uchun ishlab chiqilgan. Start massasi 200 tonnadan oshiq va uchish masofasi taxminan 18 000 kilometr bo‘lgan bu raketa Yer yuzidagi deyarli istalgan nishonni ura oladi.

Katta foydali yuk hisobiga «Sarmat» turli xil jang jihozlanishlarini olib yura oladi, jumladan: alohida nishonga yo‘naltiriladigan ajralib chiquvchi bosh qismlar va gipertovushli planerlovchi bloklar.

2) DF-41 (Xitoy)

Xitoyning DF-41 raketa tizimi yuqori universallikka ega: uni shaxtalardan, mobil ishga tushirish qurilmalaridan va ehtimol, temiryo‘l platformalaridan ham uchirish mumkin. Uchish masofasi 12 000 dan 15 000 kilometrgacha.

Raketa alohida nishonga yo‘naltiriladigan o‘ntagacha yadroviy jangovar blokni olib yurishi mumkin. Uchirish qurilmasining mobilligi va RQM (raketaga qarshi mudofaa)ni yengib o‘tish vositalari kompleksi DF-41’ga oldindan zarba berishni ham, uning jangovar bloklarini tutib qolishni ham juda qiyinlashtiradi. U Xitoyning “ikkinchi zarba” salohiyatini (second strike) va strategik tiyib turishini kuchaytirishda muhim elementga aylandi.

3) Trident II D5 (AQSh/Buyuk Britaniya)

Trident II D5 — dunyoda eng ko‘p sinovdan o‘tgan raketa tizimlaridan biri. AQShning Ohio toifasidagi va Buyuk Britaniyaning Vanguard toifasidagi suvosti kemalarida joylashtirilgan bu raketa 12 000 kilometrgacha uchish masofasiga ega va ekspluatatsion ishonchliligi yuqori.

Strategik qurol sifatida Trident II D5 ayniqsa o‘ta yuqori aniqligi bilan ajralib turadi. Doimiy modernizatsiya tufayli tizim 2040-yillargacha qurollanishda qolishi mumkin. Trident raketalari bilan qurollangan suvosti kemalari jangovar navbatchiligini olib borgani holda, barqaror va ishonchli yadroviy tiyib turishni ta’minlaydi.

4) «Avangard» (Rossiya)

«Avangard» — strategik raketa majmuasi bo‘lib, u gipertovushli planerlovchi (qanotli manyovr) jangovar bloki bilan jihozlangan qit’alararo ballistik raketaga tayanadi. Juda katta kinetik energiyaga ega bo‘lgan «Avangard» vayronkor zarba beradi.

5) DF-17 (Xitoy)