Turkiya Milliy mudofaa vazirligi Istanbulda bölib ötayotgan SAHA-2026 xalqaro mudofaa, aviatsiya va kosmik sanoat körgazmasida «Yildirimhan» qit’alararo raketasini taqdim etdi.

Anadolu Agency xabariga köra, raketa vazirlik ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan yaratilgan va mudofaa mahsulotlarining yangi namunalari taqdimoti doirasida namoyiş etilgan.

Tadbirda milliy mudofaa vaziri Yaşar Guler iştirok etdi. U öz nutqida işlab çiqarilayotgan mahsulotlar mamlakat va uning qahramon armiyasiga omad va muvaffaqiyat olib kelişiga umid bildirdi.

Taqdimotdan söng vazir boşqa harbiy işlanmalar qatorida «Yildirimhan» qit’alararo ballistik raketasi namoyiş etilgan ekspozitsiyani oçdi.

E’lon qilingan ma’lumotlarga köra, raketa 9-25 Max tezlikni rivojlantiriş imkoniyatiga ega. Qayd etilişiça, bunday xususiyatlar unga mavjud havo va raketaga qarşi mudofaa tizimlarini yengib ötiş imkonini beradi.

Raketa azot tetraoksidi asosidagi suyuq yoqilğidan foydalanadi va törtta raketa dvigateli bilan jihozlangan. Ma’lum qilinişiça, u taxminan 3000 kg oğirlikdagi jangovar kallakni kötara oladi.