O‘zbekiston | 12:45 / 25.01.2019
6200
4 daqiqa o‘qiladi

Chet el fuqarolarining huquqiy maqomi alohida qonunda qayd etiladi

Foto: Depositphotos

Hujjat matni muhokama uchun joylashtirilgan. Muhokama 2019 yil 7 fevralgacha davom etadi.

Norma’ning yozishicha, qonun loyihasi 37 moddadan iborat bo‘lib, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning (FBSh) mamlakatimizda bo‘lishiga oid quyidagi asosiy qoidalarni tartibga soladi:
 
a) huquq va erkinliklari: daxlsizlik huquqi, harakatlanish erkinligi, mehnat faoliyati va dam olish, ijtimoiy va pensiya ta'minoti, ta'lim olish, investitsiya va tadbirkorlik faoliyati, imtiyozli soliq solish (yuqori malakali mutaxassislar uchun) va b.
 
Eslatib o‘tamiz, prezidentning 7.11.2018 yildagi PQ–4008-son qarori bilan chet el fuqarolari, sh.j. malakali mutaxassislar uchun qator preferensiyalar: JShDSning imtiyozli stavkasi – belgilangan stavkaning 50%i; muayyan sharoitda ruxsat beruvchi tartib-taomillarni o‘tmagan holda istalgan lavozimda ishlash huquqi va b. nazarda tutilgan; 
 
b) chet el fuqarolari va FBShning kelishlari, ketishlari, mamlakatimiz hududi orqali tranzit o‘tishlari, siyosiy boshpana berish tartibi.
 
Ma'lumot uchun. Ushbu masalalar hozir quyidagi hujjatlarda o‘z aksini topgan:

• Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari va O‘zbekiston Respublikasidan ketishlari tartibi;  
• Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishlari qoidalari;  
• Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit o‘tishlari qoidalari;  
• O‘zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish tartibi to‘g‘risidagi nizom; 
 
v) respublikada bo‘lish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik, shu jumladan bo‘lish muddatini qisqartirish, mamlakat tashqarisiga chiqarib yuborish, yashash guvohnomasi va doimiy propiskani bekor qilish asoslari.
 
Yashash guvohnomasi va doimiy propiska bekor qilinadigan holatlarning batafsil ro‘yxati keltirildi:

• chet el fuqarolari 3 yildan ortiq muddat davomida uzrli sabablarsiz O‘zbekistondagi doimiy yashash joyiga qaytib kelmagan bo‘lsalar, ularning mamlakat tashqarisiga vaqtincha chiqishi;
• vaqtincha chiqib ketgan FBSh yo‘l hujjatini uzrli sabablarsiz almashtirmagan yoki almashtirishdan bosh tortgan bo‘lsalar, uning amal qilish muddati tugashi;
• bekor qilish to‘g‘risida shaxsan murojaat qilishi yoki boshqa shaxsning ishonchnoma asosida, shuningdek xorijdagi tegishli organlarning so‘roviga binoan murojaat qilishi;
• yashash guvohnomasini olish chog‘ida o‘zi haqida atayin yolg‘on ma'lumotlar berishi yoki zarur hujjatlarni taqdim etmasligi (qalbakilarini taqdim etishi);
• mamlakat tashqarisiga chiqarib yuborilishi;
• sudning ushbu hujjatlarni bekor qilish to‘g‘risidagi yoki shaxsni bedarak yo‘qolgan deb topish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori.
 
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid