Jahon | 22:05 / 27.01.2019
14218
1 daqiqa o‘qiladi

Bashar Asadning rafiqasi operatsiya qilindi

Damashqdagi gospitalda Suriya prezidenti Bashar Asadning rafiqasi, 43 yoshli Asma Asadda yomon sifatli o‘simtani olib tashlash jarrohlik operatsiyasi o‘tkazildi. Bu haqda Asad devonxonasi ma'lum qilgan. 

Ta'kidlanishicha, operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan. Devonxona Asma Asadning tezroq tuzalib ketishini tilab qolgan.  

2018 yil avgustda Asma Asadda erta bosqichdagi ko‘krak bezi saratoni aniqlangani ma'lum qilingan.

Asadning rafiqasi Suriyada urush nogironlarining tezroq tiklanishi va ularning jamoat ishlariga qaytishlariga yo‘naltirilgan “Vatan uchun jabrlanganlar” dasturini boshqaradi. Asma Asad, shuningdek, halok bo‘lgan harbiylar oilalari va yetim-yesirlar internatlarini otalig‘iga olgan.  

Asma Asad 2008 yilda Elle fransuz jurnali tomonidan sayyoramizning eng latofatli “birinchi xonimi” deb tan olingan. U bir qiz va ikki o‘g‘il farzand onasi hisoblanadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid