Jazoir prezidenti lavozimiga 100 dan ko‘proq kishi kurashish istagini bildirdi
Jazoirda 2019 yil aprelda o‘tadigan prezident saylovlarida nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tishga 100 dan ko‘proq odam ichki ishlar vazirligiga ariza topshirdi. Bu haqda vazirlikda ma'lum qilindi.
“Dastlabki natijalarga ko‘ra, vazirlikka 101 kishi o‘z nomzodini ilgari surish haqida ariza topshirgan”, deyilgan xabarda.
Ehtimoliy nomzodlarga imzolar to‘plash uchun maxsus shakllar berilgan. Vazirlikda ta'kidlanishicha, ariza beruvchilardan 13 kishi siyosiy partiyalar yetakchilari, qolgan 88 nafari mustaqil nomzodlar hisoblanadi.
Avvalroq “Jamiyatning tinchlik uchun harakati” vakillari o‘z yetakchisi Abdurazzoq Makriyning nomzodini ilgari surishgani, shuningdek, prezident saylovlarida ishtirok etish istagini sobiq bosh vazir Ali Banflis va iste'fodagi armiya generali Ali Qodiriy bildirgani ma'lum qilingan.
Jazoirda prezident saylovlari 18 aprelda bo‘lib o‘tadi. Qonunga ko‘ra, prezident lavozimiga nomzodlar saylov komissiyasida 4 martgacha ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo‘ladi.
Jazoirni 1999 yildan beri boshqarib kelayotgan amaldagi prezident Abdulaziz Butafliqa hozircha o‘z nomzodini ilgari surishi haqida e'lon qilmagan.
Mavzuga oid
14:11 / 10.11.2023
Kolumbiya Jazoirni Haaga sudida Isroilga qarshi ish ochish rejasida qo‘llab-quvvatladi
22:13 / 15.09.2023
General Surovikin Jazoirda ko‘rinish berdi
20:46 / 24.11.2022
Jazoir sudi odamni yoqib yuborgan 49 kishini o‘limga hukm qildi
10:36 / 10.09.2022