21:49 / 27.01.2019
5247

Peruda mehmonxona devori o‘pirilishi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Peruning Abankay viloyatidagi mehmonxona devori o‘pirilishi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi, 29 kishi jarohat oldi. Bu haqda mamlakat fuqarolik mudofaasi instituti xabarida ma'lum qilindi.

Voqea “Alambra” mehmonxonasida to‘y marosimi o‘tayotgan vaqtda yuz bergan. Jabrlanganlarning barchasi to‘yga kelgan mehmonlar bo‘lgan.

Umumiy hisobda marosim o‘tayotgan zalda 100 ga yaqin odam bo‘lgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, devor o‘pirilishiga oxirgi kunlar hududda kuzatilgan kuchli yomg‘irlar sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. 

Top