Dunyoda şunday mamlakatlar borki, minglab orollarni tasarruf etadilar. Bu orollarning aksariyatida odamlar yaşamasa-da va amalda bu orollarning heç bir foydasi bölmasa-da, davlatlar ularni zör berib himoya qilişadi hamda birovga berib qöyişni xayollariga ham keltirmaydilar.

Quyida orollarga eng boy davlatlar bilan tanişamiz.

Mavzuga oid:

1. Orol – har tarafi suv bilan öralgan quruqlik bölib, suv sathi eng yuqori darajaga çiqqanda ham yöqolib ketmaydi;

2. Orolning materiklardan farqi şartli bölib, maydoniga köra ajratiladi. Eng yirik orol Grenlandiya eng kiçik materik Avstraliyadan taxminan 3 marta kiçikroqdir;

3. Özbekistonda ham orollar bor. Amudaryodagi Payğambar oroli yaqqol misol böla oladi.

4. Grenlandiya oroli (maydoni 2 130 800 km²) rasman özi tegişli bölgan Daniya (maydoni 43 094 km²) davlatining asosiy hududidan 50 marta kattaroq bölsa-da, bu orolda bor-yöği 58 ming aholi yaşaydi.

Yaponiya — 6 853ta orol

Orollar mamlakati bölgan Yaponiya 2990 kilometrli arxipelagdan iborat va unda 6 853 orollar mavjud. Ulardan 430tasida odamlar yaşaydi. Eng yirik tört orol – Xonsyu, Xokkaydo, Sikoku va Kyusyu asosiy maydonni taşkil qiladi.

Şunça oroli bölişiga qaramay, Yaponiya çegaradagi bahsli orolçalar uçun qöşnisi Xitoy bilan mojaro qilib turadi. Şuningdek Yaponiyaning Rossiya bilan Kuril orollaridan iborat asriy talaşuvi hamon yakuniga yetmagan.

Filippin — 7107ta orol