Global isiş va u bilan boğliq suv sathi kötarilişi tufayli Mikroneziyadagi 8 ta orol Tinç okeani tubiga ğarq bölgani aniqlandi. Dunyoning turli burçaklaridan bölgan olimlarning ta'kidlaşiça, uşbu hodisa bir neça yil davomida sodir bölgan.
Dunyo okeanining sathi har yil örtaça 3 millimetrga kötariladi. Tinç okeanida turli tabiiy omillar tufayli bu körsatkiç yiliga 12 mm ga yetişi mumkin. 2016 yilda bir guruh olimlar tadqiqot ötkazişib, Tinç okeanida 5 ta orol yöq bölib ketganini aniqlaşgan. Ularning barçasi 20-asr örtalarida mavjud bölgan, biroq vaqti kelib suv ostida qolgan.
Olimlar ötkazgan yangi tadqiqot Tinç okeanida maydoni 100 kvadrat metrga ega kamida yana 8 ta orol 2007 yildan 2014 yilgaça davr içida suv ostiga çökkanini körsatgan. Mutaxassislar buni mahalliy aholi bilan suhbatlar va sun'iy yöldoşlardan olingan suratlarning qiyosiy tahlili asosida aniqlaşgan.












