Sayyoramizning eng chiroyli orollari reytingi tuzildi, deb xabar berdi 10BestLook nashri.
Plyajda hordiq chiqarishni xush ko‘ruvchilar uchun sayyoramizning eng go‘zal orollarini o‘z ichiga oluvchi bu jamlanma qiziqarli bo‘lishi aniq.
Eng yaxshi plyajlar, akvamarin rangdagi suv, go‘zal manzaralar va tinchlantiruvchi sokinlik – bu orollardan biriga borishga qaror qilgan sayyohlarni mana nimalar kutmoqda.
Santorini, Gretsiya

Bu grek oroli o‘zining ko‘k rangdagi eshiklari va tomlariga ega oq uychalari bilan ma'lum. Santorinida uyqudagi vulqonlar mavjud bo‘lib, shu sababli unda qora qumli plyajlarni uchratish mumkin.
Pxi-Pxi, Tailand

Tailandning Krabi viloyatida 6 ta oroldan iborat Pxi-Pxi arxipelagi joylashgan. Bu joyni Leonardo Di Kaprio ishtirokidagi “Plyaj” filmi mashhur qilgan.
Oq qum, tiniq suv va ajoyib landshaftlar ushbu orolni Tailandga keluvchi sayyohlar orasida ommalashtirgan.
Fiji

Fiji Respublikasi Tinch okeanidagi 300 dan ko‘proq oroldan iborat va ularning barchasi o‘zicha go‘zal.
Mahalliy aholi sayyohlarni iliq kutib oladilar. Sayyohlar bu yerda dayving, snorkling, serfing va baliq ovlash bilan mashg‘ul bo‘lishlari mumkin. Mashhur insonlar paparatssidan dam olish uchun aynan Fijini tanlashadi.






















