O‘zbekiston | 15:45 / 29.01.2019
3619
2 daqiqa o‘qiladi

Axborot texnologiyalari vazirligi Toshkentda texnopark yaratish maqsadida hindistonlik ekspertni jalb qilmoqda

28 yanvar kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida hindistonlik ekspert J.Partasarati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. U Toshkent shahrida texnopark yaratish bo‘yicha maslahatchi sifatida hamda uning boshqaruvida konsultativ yordam ko‘rsatish maqsadida O‘zbekistonga jalb qilingan.

Foto: mitc.uz

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari O.Umarov hindistonlik ekspertning bu kabi AT-parklarini yaratishdagi ulkan ish tajribasini e'tirof etdi.

Foto: mitc.uz

Hindistonda ma'lumotlarni boshqarish markazlari, tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha inkubatsiya markazlari singari yirik davlat loyihalari uning rahbarligida amalga oshirilgan. U uzoq vaqt Bangalor (Hindiston)dagi Texnoparkni ham boshqargan. Hozirgi paytda, janob J.Partasarati Hindistonda AT-parklari (STPI) bo‘yicha maslahatchi hisoblanadi.

Hindistonlik ekspert O‘zbekistonda texnopark yaratilishi va uning muvaffaqiyatli ish olib borishi uchun zarur bo‘lgan barcha sa'y-harakatlarni amalga oshirishga tayyor ekanini bildirdi. U o‘z oldida turgan asosiy vazifa sifatida O‘zbekistondagi texnoparkka axborot texnologiyalari parklarini yaratish va faoliyatini tashkil etish bo‘yicha Hindistonda ishlab chiqilgan ilg‘or, ko‘p yillik tajribani joriy etish ekanini alohida ta'kidladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid