31 yanvar kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilyapti?
Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 31 yanvar kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan biroz yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-5, kunduzi 6-8 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq - 2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Samarqand viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda kuchli qor yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Havo harorati kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq - 2 daraja iliq bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:23 / 12.11.2024
13 noyabr kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi
15:45 / 11.11.2024
Hafta o‘rtalarida O‘zbekistonda kechasi havo harorati noldan pastga tushadi
12:21 / 11.11.2024
12 noyabr kuni harorat 19 darajagacha ko‘tariladi
14:31 / 09.11.2024