Yangi tadqiqot natijalari homilador ayollar va yangi tuğilgan çaqaloqlar yuqori haroratga sezgir ekanini körsatmoqda. Ta’kidlanişiça, issiq ob-havo muddatidan oldin tuğuruqni keltirib çiqarişi mumkin bölgan ekologik omillardan biri hisoblanadi.
Ilmiy tadqiqot xulosasi Environment International jurnalida çop etildi. Unda 1979–2019 yillar oraliğida 13 davlatning 250 ta şahri va aholi punktida yoz mavsumida kuzatilgan 36,6 million tuğuruq tahlil qilindi.
Tadqiqot ötkazilgan davlatlar orasida eng yuqori körsatkiç Paragvayda qayd etilgan: bu yerda issiq mavsumda har bir million tuğuruqqa 1347 ta muddatidan oldin tuğuruq töğri kelgan. Ikkinçi örinda AQŞ bölib, har million tuğuruqda 1289 ta muddatidan oldin tuğuruq kuzatilgan. Uçinçi örin esa Braziliyaga tegişli bölib, bu körsatkiç har million tuğuruqqa 1174 tani taşkil etgan.
Tadqiqot ötkazilgan jami 13 mamlakat içida eng past körsatkiç Şveytsariyada qayd etilgan: issiq mavsumdagi har million tuğuruqqa 628 ta muddatidan oldin tuğuruq.

Biroq issiqning ta’siri barça homilador ayollarda bir xil emas. Tadqiqot mualliflariga köra, yuqori haroratga sezuvçanlikka iqlim şaroiti, ijtimoiy-iqtisodiy omillar va soğliqni saqlaş tizimining sifati ta’sir körsatadi. Xususan: yoş, yolğiz, ta’lim darajasi past va murakkab ijtimoiy-iqtisodiy şaroitda yaşovçi ayollar issiq tufayli muddatidan oldin tuğuruq xavfiga köproq duç kelişi mumkin.
Homiladorlikning eng xavfli davri 31-haftadan 40-haftagaça bölgan muddat hisoblanadi. Aynan şu bosqiçda muddatidan oldin tuğuruq ehtimoli yuqoriroq böladi.
Xöş, issiq ob-havo qanday qilib erta tuğuruqni keltirib çiqaradi?
Qayd etilişiça, jazirama ob-havo tana haroratini oşiradi va baçadon qisqarişlarini qözğatadi. Issiq tufayli yuzaga keladigan suvsizlaniş organizmdagi kalsiy va magniy kabi muhim minerallar muvozanatini buzadi hamda yöldoşga qon oqimini kamaytiradi.
Homilador ayollar tanasi homila ösişi hisobiga odatdagidan köproq issiqlik işlab çiqaradi. Şu bilan birga, vazn ortişi tufayli tananing uşbu issiqlikni taşqariga çiqariş qobiliyati pasayadi.
Bundan taşqari, yuqori harorat yalliğlaniş jarayonlarini faollaştiradi va hujayralarda kislorodning faol şakllari hosil bölişi hamda töplanişi örtasidagi muvozanatni izdan çiqaradi. Bu esa homila rivojlanişiga salbiy ta’sir körsatib, baçadon böynining tezroq yetilişiga sabab bölişi mumkin.









