Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada senator Rauf Arashukov qo‘lga olindi. U qotilliklarni tashkillashtirishda ayblanmoqda
Rossiya Federatsiyalar kengashining (FK) Qorachoy-Cherkesiyadan senatori Rauf Arashukov FK majlislar zalida qo‘lga olindi. Bu haqda RIA «Novosti» manbaga asosan xabar bermoqda.
Qo‘lga olish jarayonidan avval Federatsiyalar kengashi binosi jurnalistlar uchun yopib qo‘yilgan.
Matbuotga tushuntirishlaricha, bu «tashkiliy masalalarni muhokama qilish» uchun amalga oshirilgan.
«Arashukov majlis boshlanganidan keyin zalning o‘zida hibsga olindi», - deya xabar berdi manba.
TASS’ning manbaga tayangan holda xabar qilishicha, senator Rauf Arashukov bir qator jinoyatlarda ayblanmoqda.
Jumladan, Arashukovni uyushgan jinoiy guruh tashkil qilishda ayblashmoqda.
«U yerda juda ko‘p ayblovlar bor. Hatto, Rossiya Jinoyat kodeksining 210-moddasi («Jinoiy guruh tashkil etish yoki unda ishtirok etish»)», - deya aytib o‘tgan manba.
Shuningdek, RIA «Novosti»’ning Rossiya Federatsiyalar kengashidagi manbaga asosan xabar berishicha, Rauf Arashukovga ikki kishining o‘ldirilishini tashkillashtirish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.
Qotilliklardan tashqari, u sog‘liqqa og‘ir zarar yetkazish, 2010 yilda Qorachoy-Cherkesiya respublikasida uyushgan jinoiy guruhni tashkil qilish, shuningdek, senatorlik o‘rnini egallashga imkon bergan hujjatlarni soxtalashtirishda ayblanmoqda.
«Uni majlis vaqtida qo‘lga olish to‘g‘risidagi qaror, u yashirinmasligi maqsadida qabul qilingan. U yashirinishga harakat qilishi haqida ma'lumotlar bor edi», - degan manba.
Mavzuga oid
09:55
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
08:45
Sanksiyalar yumshatilishi Rossiya neft eksportiga turtki berdi
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
16:29 / 23.06.2026