Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda qutb girdobi 8 kishining umriga zomin bo‘ldi
Illinoys shtati rasmiylariga ko‘ra, chorshanba kechasida qattiq sovuqdan 8 kishi halok bo‘lgan. Ularning orasida Ayova universiteti talabasi ham bor. Quyosh botishidan bir necha soat o‘tib, uning jasadini universitet akademik zali yaqinidan topishgan.
AQShning o‘rta g‘arb hududiga yopirilgan qutb girdobi Chikagoga 1985 yil yanvaridan buyon takrorlanmagan rekord darajadagi sovuq havo oqimini olib kelgan. Kecha, chorshanba kunining o‘zida havo harorati -30 darajaga tushib ketgan.
Ko‘plab shaharlarda asosan boshpanasiz kishilarga e'tibor qaratilmoqda. Shaharlardagi hukumat binolari, cherkovlar, o‘quv binolarida isinib olish nuqtalari tashkil etilgan.
Chikagodagi ikki eng katta aeroportda 2700 parvoz bekor qilingan. Bugun – payshanba kuni yana 1800 parvoz bekor qilinishi rejalashtirilgan.
Qutb girdobini ijtimoiy tarmoqlar ham katta shov-shuv bilan kutib oldi. Foydalanuvchilarning katta qismi Chikagoni Sibirga qiyoslab Chibir deya atashayotgan bo‘lsa (ingl. Shiberia), boshqalar esa vaziyatni «Ertadan keyin» filmiga o‘xshatmoqda. Instagramning o‘zida #PolarVortex heshtegi ostida 257 ming post qoldirilgan.
Michigan ko‘lida «sovuq bug‘ qaynashi».
Bino derazalarining holati
Eslatib o‘tamiz, qahraton sovuq odatda Shimoliy qutb hududlaridan o‘tadi, bu yil esa oqim janubroqqa – AQSh tomonga yo‘nalishni o‘zgartirgan. Oqibatda AQShning markaziy va o‘rta-g‘arb hududlarida turli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi davom etmoqda.
Mavzuga oid
20:51 / 07.03.2026
Tramp Eronning «yomon xulqi» tufayli yangi nishonlarga «juda kuchli» zarbalar berilishini aytdi
20:26 / 07.03.2026
AQSh Eronni neft daromadlaridan mahrum qilmoqchi
18:05 / 07.03.2026
Eron prezidenti hujumga uchragan qo‘shni davlatlardan uzr so‘radi
15:23 / 07.03.2026