AQŞ tarixidagi eng qahraton qiş mavsumlaridan biri keldi. Çikagoda havo harorati -46 darajaga tuşib ketgan. 

Qutbning izğirin girdobi Qöşma Ştatlarning şarqiy hududlari - Dakotadan Mayngaça rekord darajadagi sovuq oqimni olib kelgan. Metereologlarga köra, sovuq va qor janubiy ştatlar Alabama va Jorjiyaga ham yetib borişi kutilmoqda.

Izğirin mamlakatning örta ğarb hududi – Çikago va Illinoys şimoliga qattiq ta'sir körsatgan. Uşbu hududdagi şaharlarda yuzlab maktablar yopilgan, mingdan ortiq parvozlar bekor qilindi.

Qahraton sovuq odatda Şimoliy Qutb hududlaridan ötadi, bu yil esa oqim janubroqqa – AQŞ tomonga yönalişni özgartirgan.

Çikagolik rasmiylar sovuq oqibatida 360 ming öquvçi darslarini bekor qilgan, Jorjiyada ham darslar bekor qilinmoqda. Sovuq hatto Roçesterda (Minnesota ştati) bir kişining umriga zomin bölgan.