Jahon | 09:11 / 31.01.2019
20765
2 daqiqa o‘qiladi

Ekspert «Rossiyaga chuqur zarba beradigan» raketani yaratishga chaqirdi

Foto: mil.gov.ua

Armiya, konversiya va qurolsizlanish bo‘yicha tadqiqotlar markazi direktori o‘rinbosari Mixail Samus «Apostrof» nashri uchun maqolasida Ukraina mudofaa qobiliyatini qanday oshirish lozimligi haqida fikr bildirdi.

Ekspertning bildirishicha, Rossiya Qora va Azov dengizlarida harbiy jihatdan «ustunlik qilmoqda». Shu bilan birga, Samusning qo‘shimcha qilishicha, g‘arb davlatlarining noyabr oyida yuz bergan voqeaga munosabati shundan dalolat beradiki, G‘arb mintaqadagi mojaroli holatda «stavkalarni oshirishni» istamaydi.

Ekspertning xulosa qilishicha, Ukraina o‘z harbiy resurslarini mamlakatga qarshi foydalanish istagida bo‘lgan Rossiyani tiyib turish uchun havo hujumidan va raketalardan mudofaa imkoniyatlarini rivojlantirishi kerak.

«[Ukraina] o‘zining tiyib turish qurolini ishlab chiqishi kerak - Rossiya hududiga chuqur zarba berishi mumkin bo‘lgan «Neptun» raketasini. Ya'ni, Rossiya hozir faqat kuch tilini yaxshi tushunadi», - deya ta'kidlab o‘tdi Samus.

Shuningdek, uning fikricha, Rossiya uchun G‘arb gapirayotgan til hech narsani anglatmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Turk oqimi» Ukraina uchun eng xavfli loyiha sifatida tan olingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid