«Turk oqimi» gaz quvuri Ukraina uçun eng xavfli loyiha sifatida tan olindi. Bu haqda «Novoye vremya» naşri Ukraina hukumati huzuridagi islohotlarni qöllab-quvvatlaş böyiça Maslahatçilar strategik guruhining energetika böyiça eksperti Karel Girmanga asosan xabar bermoqda.

Uning sözlariga köra, «Şimoliy oqim - 2» Kiyevga nisbatan kamroq xavf tuğdiradi. Bu şu bilan boğliqki, u qurilgaç gaz janubiy Yevropa mamlakatlariga yetkazib berilmaydi. Buning natijasida Ukraina tranzitning bir qismini saqlab qola oladi. Şu bilan birga, «Turk oqimi» birinçi tarmoği işga tuşirilgandan söng, bu muammoni osongina hal qiliş mumkin.

«Turk oqimi» deyarli qurilib bölingan. Birinçi tarmoq aniq işga tuşiriladi. Bu yerda, afsuski, Ukraina tomoni bu kuraşda mağlub böldi», - dedi Girman.

Ekspertning ta'kidlaşiça, u işga tuşirilgandan söng, Ukraina Rossiyadan gaz tranzitini töliq yöqotadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina MDHdan ikki oy içida çiqib ketişga qaror qilgandi.