Jahon | 16:12 / 31.01.2019
7852
1 daqiqa o‘qiladi

WSJ: AQSh Turkiyani Suriyada tiyib turish uchun Buyuk Britaniya va Fransiyani jalb etmoqchi

Foto: AP Photo, DHA-Depo Photos / Hasan Kırmızitaş

Agarda Turkiya Suriya shimolida bufer hududi tashkil etishga kirishadigan bo‘lsa, AQSh kurd ittifoqchilarini himoya qilish uchun Buyuk Britaniya, Fransiya va Avstraliya qo‘shinlarini jalb qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Amerika ma'muriyatidagi manbalariga tayanib The Wall Street Journal gazetasi xabar qildi.

Ularning aytishlaricha, britaniyalik, fransiyalik va avstraliyalik harbiylar "kurdlarning "Xalq mudofaasi kuchlari" guruhini – amerikaliklarning IShIDga qarshi kurashdagi asosiy ittifoqchilarini turk qo‘shinlaridan himoya qilishlari" kerak. 

Anqara ushbu guruhni terrorchi tashkilot deb hisoblanadigan Kurdiston ishchilar partiyasining hamkori demoqda va Amerika tomonidan ularga berilgan qurol oxir-oqibat Turkiyaga qarshi yo‘naltiriladi deb ta'kidlamoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid