Jamiyat | 10:54 / 02.02.2019
14428
1 daqiqa o‘qiladi

«01 717» avtomobil raqamini olib berishni va'da qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Illyustrativ foto/KUN.UZ

Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda mahkama matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda fuqaro M.A. fuqaro D.M.ning avtomashinasiga yo‘l harakatlari xavfsizligi boshqarmasida ishlovchi tanishlari orqali «01 717» davlat raqamini olib berish evaziga 800 AQSh dollari olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid