Jamiyat | 08:17 / 02.02.2019
3328
3 daqiqa o‘qiladi

Harbiylar Shahrisabzdagi qadimiy obidalarga borishdi

Bir qarasang poligonda, bir qarasang tog‘da, yana bir qarasang saf maydonida jiddu jahd ko‘rsatadigan harbiy xizmatchilarning bu galgi manzili ko‘hna Shahrisabz shahridagi qadimiy obidalar, ziyoratgohlar va muzeylar bo‘ldi. Ayniqsa, Amir Temur nomli moddiy madaniyat tarixi muzeyi va maqom muzeyi yig‘ilganlarni tarix bilan yuzlashtirganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

YuNeSKOning «Umuminsoniy qadriyatlari» ro‘yxatiga kiritilgan XIV-XVI-asrlarga oid Chubin madrasasi majmuida joylashgan Amir Temur nomli moddiy madaniyat tarixi muzeyi umumta'lim maktablarida tahsil olayotgan harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun bahsli o‘rinlarga boy bo‘ldi. Ular Sohibqironning yurishlari bo‘yicha bilimlarini namoyish qildilar. Savollarning javobi shu yerning o‘zida, osori-atiqalarda, qolaversa, muzeyda faoliyat yuritayotgan ilmiy xodimlarda edi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Maqom muzeyida esa Maqom san'ati tarixi haqida qimmatli ma'lumotlar beruvchi fotosurat va hujjatlar jamuljam. Chang va ud musiqa asboblarini chalayotgan ayollar haykalchalari aks etgan yodgorlik ayni paytda Sankt-Peterburgdagi Ermitaj davlat muzeyida saqlanadi. Bu kabi tarixiy ashyolar o‘lkamizda musiqa ilmi juda ko‘p asrlar muqaddam shakllanganidan dalolat beradi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

– Bu yerdagi eksponatlarni tomosha qilar ekansiz, ajdodlarimiz musiqa san'ati merosi bilan hamnafas bo‘lasiz. Ular amalga oshirgan ezgu ishlarni qalban his etasiz. Aslida ushbu muzeyni tashkil qilishdan maqsad ham shu. Kelajak avlodlarni xalqimizning boy san'at tarixidan, ulkan musiqiy merosidan kengroq xabardor qilish bo‘lgan. O‘ylaymanki, ko‘zlangan maqsadga ortig‘i bilan erishilyapti, – dedi serjant Abduvohid Azimov. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid