23:31 / 03.02.2019
9219

«Siti» «Arsenal»ni mag‘lub etib, ikkinchi o‘ringa qaytdi

Angliya chempionatining 25-turidagi markaziy uchrashuv Manchester shahridagi «Etihad stedium»da bo‘lib o‘tdi. APLning amaldagi chempioni bo‘lmish «Siti» «kuchli oltilik» vakili «Arsenal»ni qabul qildi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yinning 1-daqiqasidayoq mezbonlar hujumchisi Serxio Aguero hisobni ochdi. Bo‘lim o‘rtalarida londonliklar sardori Loran Koselni hisobni tenglashtirdi, ammo bo‘lim oxirida Aguero dublni rasmiylashtirib, jamoasini tanaffusga g‘olib sifatida olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘limda Aguero uchinchi golni urdi va «shaharliklar» g‘alabasini ta'minladi.

Bu g‘alabadan so‘ng «Manchester Siti» turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa qaytdi va peshqadam «Liverpul»ga yaqinlashib oldi. «Shaharliklar» hisobidagi ochkolar soni 59taga yetgan va Xosep Gvardiola shogirdlari endi hali zaxirada bir o‘yini bor «Liverpul»ni ikki ochkolik farq bilan ta'qib qilmoqda. Mersisaydliklar 25-tur o‘yinini 4 fevral kuni «Vest Hem Yunayted»ga qarshi o‘tkazadi. «Arsenal» 47 ochko bilan oltinchi o‘rinda qoldi.

Angliya chempionati
25-tur
Manchester Siti – Arsenal 3:1
Gollar: 1:0 – 1 Aguero, 1:1 – 11 Koselni, 2:1 – 44 Aguero, 3:1 – 61 Aguero.
Manchester Siti – Ederson, Uoker, Otamendi, Laport, Fernandino, Silva, Gyundo‘g‘an, Bernardu Silva, de Bryuyne, Sterling, Aguero (Gabriel Jyezus, 81).
Arsenal –  Leno, Koselni, Monreal, Kolashinats (Denis Suares, 66), Mustafi (Mavropanos, 79), Genduzi, Torreyra, Ivobi (Remzi, 66), Lixshtayner, Obameyang, Lyakazett.
Ogohlantirishlar: Torreyra (40), Gundo‘g‘an (65).

Top