Jahon | 18:30 / 04.02.2019
7735
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Gerald Ford superaviatashuvchilarini buyurtma qildi

AQSh Harbiy dengiz kuchlari Huntington Ingalls kemasozlik kompaniyasiga 100 ming tonna sig‘imli Gerald Ford tipidagi ikki kema yasash uchun rasmiy buyurtma bergan. AQSh Harbiy dengiz kuchlari ikki aviatashuvchi uchun 15 mlrd dollardan kam sarflamoqchi emas.

Ikki kema asosiy CVN-78 kemasi va CVN-79 seriyali ikkinchi aviatashuvchiga qo‘shimcha sifatida yasaladi. AQSh Harbiy dengiz kuchlari rejalariga ko‘ra, barcha to‘rt kema 2025 – 2030 yillarda flotga topshiriladi. Flotga 50 yildan buyon xizmat qilayotgan Nimitz tipidagi kemalar Harbiy dengiz kuchlari tarkibidan chiqariladi va utilizatsiya qilinadi.

AQSh aviatashuvchilar flotini yangilagach, paluba aviatsiyasi tizimini ham butunlay yangilamoqchi: Gerald Ford aviatashuvchilarida F/A-18 qiruvchilari o‘rniga F-35 qiruvchi samolyotlaridan foydalanish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil dekabr oyi avvalida AQSh va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi munosabatlar F-35 qiruvchisi bilan bog‘liq vaziyat atrofidagi bahslar tufayli jiddiy ravishda yomonlashishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Ma'lumotlarga ko‘ra, AQSh Britaniya harbiy-dengiz kuchlarini o‘ziga teng kelishi mumkin bo‘lgan yagona flot, deb hisoblaydi.

Mavzuga oid