AQŞ Qora dengizga harbiy kema jönatmoqçi. Bu haqda uç amerikalik mansabdor şaxsga iqtibos keltirgan holda CNN telekanali xabar berdi. Manbalarning fikriça, bunday rejalar Rossiyaning Kerç böğozidagi harakatlariga javob bölişi mumkin.

AQŞ Qora va Örta yer dengizlarini boğlovçi Bosfor va Dardanella böğozlari orqali ötiş uçun öz rejalari haqida Turkiyani xabardor qilişi kerak. Buni 1936 yilda imzolangan Montryo konvensiyasi talab qiladi. Ma'lum qilinişiça, AQŞ qurolli kuçlari qömondonligi davlat departamentiga bu masala böyiça murojaat qilgan.

Davlat departamentida AQŞ “öz harakatlarini Montryo konvensiyasiga muvofiq amalga oşirayotgani” ta'kidlab ötilgan. AQŞ oltinçi floti qöyilgan vazifalarni bajarişga tayyorligini ma'lum qilgan. 

“Biz oltinçi flot javobgarligi hududida, jumladan Qora dengizdagi xalqaro suv va havo hududida xavfsizlik va barqarorlikni qöllab-quvvatlaş böyiça operatsiyalarni muntazam ötkazamiz”, deb aytgan oltinçi flot vakili Kayl Reyns.

25 noyabrda Ukraina harbiy-dengiz kuçlarining  “Berdyansk”, “Nikopol” va “Yani Kapu” kemalari Rossiya çegarasini buzib, çegaraçilar talablariga javob bermagani uçun ekipajlari bilan birga qölga olingandi.