Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elyor G‘aniyev: “Yangi sharoitlarda Ozarboyjon bilan biznes-hamkorlik uchun qulay imkoniyatlar yaratiladi”
Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Elyor G‘aniyevning so‘zlariga ko‘ra, bugungi O‘zbekiston boshqacha – ochiq, shaffof mamlakat va yangi sharoitlarda Ozarboyjon bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish uchun maksimal darajada qulay sharoitlar yaratiladi. Kun.uz muxbiri Elyor G‘aniyevning 5 fevral kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan ikki tomonlama uchrashuv doirasida aytgan so‘zlariga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
“Biz Ozarboyjon bilan o‘zaro aloqalarimizni juda yuqori baholaymiz. Sizning hamkorlikka doir barcha takliflaringizning maksimal darajada samarali ishlab chiqilishini ta'minlaymiz. Bugun O‘zbekistonda juda katta islohotlar ro‘y bermoqda. O‘zbekiston bugun boshqa mamlakat desa ham bo‘ladi – ochiq va shaffof. Yangi sharoitlarda Ozarboyjon bilan biznes hamkorlik qilish yangidan-yangi, qulay imkoniyatlarni taqdim etadi. Har bir mamlakat o‘z iqtisodiyoti raqobatbardoshligini oshirishga harakat qiladi. Biz birgalikda ishlash barobarida ham O‘zbekistonning, ham Ozarboyjonning iqtisodiyotini ko‘tarishga umid qilamiz”, - dedi u.
Elyor G‘aniyev aniq raqamlarni keltirmagan bo‘lsa-da, ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi oshganini ta'kidladi.

“2018 yilda O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘rtasidagi tovar aylanmasi oshdi, bu bizni xursand qiladi, albatta. Shunday bo‘lsa-da, raqamlar biz istagandek yuqori emas. Salohiyat katta, bu kamida yarim milliard, kelgusida esa 1 milliard dollar demakdir”, - deydi u.
G‘aniyev mamlakatlar investitsion faoliyat, avtomobilsozlik, neft-gaz, kimyo va boshqa ko‘plab sohalar bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi mumkinligi, buning uchun yaxshi daromad keltiruvchi loyihalar mavjudligini qo‘shimcha qildi.
O‘z navbatida Ozarboyjon Respublikasi iqtisodiyot vaziri Shahin Mustafoyev O‘zbekiston va Ozarboyjon mamlakatlari o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 50 foizga oshganini qayd etdi.
Uchrashuvdan so‘ng ikki mamlakat vakillari o‘rtasida B2B formatidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid
14:26 / 12.05.2023
«Tuya go‘shti yegan» pulli yo‘llar, abgor bo‘layotgan trassalar: o‘zbekistonliklar sifatli yo‘llarni qachon ko‘radi?
00:13 / 07.08.2020
Manba: Elyor G‘aniyev Transport vazirligini tark etdi
12:21 / 24.07.2020
Eron – Afg‘oniston – O‘zbekiston yo‘nalishida ilk avtokarvon tashkil etiladi
08:05 / 06.03.2020