Transport vazirligida Özbekiston Respublikasi transport vaziri Elyor Ğaniyev Boeing kompaniyasi vitse-prezidenti Gregori Lekston bilan uçraşdi.
Vazirlik xabariga köra, uçraşuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini kengaytiriş masalalari muhokama etildi. Gregori Lekston Özbekiston mintaqadagi mamlakatlar orasida aviaparkida Boeing 787 Dreamliner samolyotlari eng köp davlat ekanligini alohida qayd etib ötdi.
Özbekiston Respublikasi transport vaziri Elyor Ğaniyev Boeing kompaniyasi bilan özaro işonçli va samarali hamkorlik aloqalarini yanada kengaytiriş, bu yönalişda birgalikda işlaş har ikki tomon uçun ham manfaatli bölişini ta'kidladi.
Bundan oldin, Uzbekistan Airways 4ta Boeing samolyotini sotayotgani xabar qilingandi.

















